ICHISHGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR. (GUTTAE AD USUM INTERNUM) Tomchilarning bu guruhi rang-barangligi bilan farqlanib, ular quyidagi misollar bilan
cheklanadi.
Rp.: Solutionis Platyphyllini hydrotartratis 0,2 % 10 ml
D.S. 10 tomchidan ovqatdan oldin ichilsin.
Retseptda suvda oson eriydigan kristall moddaning (1:10) eritmasi yozilgan, eritmaning
konsentratsiyasi va umumiy og‗irligini saqlash uchun 1-shisha filtrdan foydalaniladi. Agar bu
filtr bo’lmasa, uni yuqorida ko‗rsatilgandek suzilib, qadoqlangan holda beriladi.
Rp.:Tincturae Convallariae majalis
Tincturae Valerianae aa 10 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Rp.: Aethylmorphyni hydrochloridi 0,2
Mentholi 0,3
Natrii bromidi 1,0
Adonisidi 5 ml
M.D.S. 25 tomchidan kuniga 2 mahal
Tarkibiga ko’ra, tomchi murakkab bo‗lib, uch xil tuzli komponentlar va uch xil o‗simlik
xomashyosidan, ya‘ni spirtli ajratmadan iborat (2 ta nastoyka, 70 % etanolda tayyorlangan va
yangi galen preparat adonizid tarkibida 18—20 % etanol saqlaydi). Mentolni eritish uchun 70
dan kichik bo‗lgan etanol kerak bo‗ladi, u avval nastoykalar aralashmasida eritiladi (bemorga
beriladigan flakonga). Uncha katta bo‗lmagan alohida stakanga 5 ml adonizidda
0,2 g dionin eritiladi (dioninning suvda va etanolda eruvchanligi 1:30), so‗ngra natriy bromid
eritiladi (suvda va mentolda oson eriydi) va eritma flakonga quyiladi (agar kerak bo‗lsa paxta
tamponda suziladi).
Ichishga mo‗ljallangan tomchilarni tayyorlashda «zaharli » va «kuchli ta‘sir etuvchi »
ro‗yxatdagi preparatlarning dozalarini tekshirish muhim jarayonlardan hisoblanadi. Bunda dori
turi umumiy hajmining tomchilar soni tekshiriladi (spirtli eritmalar
1 ml.da turli miqdorda
tomchi saqlaydi), so‗ngra proporsiya bilan «zaharli» yoki «kuchli ta‘sir etuvchi» ro‗yxatidagi
moddaning retseptdagi bir martalik tomchilar soniga ko‗ra ularning miqdor i ani-lanadi. Retsept
bo‗yicha 25 tomchida 0,004 g dionin bor (yuqori bir martalik doza 0,03 g). Hisob: dori turining
umumiy hajmi 25 ml.da 0,008 g dionin bor) yoki 50 tomchi spirt li preparatda, 25 tomchida esa
0,004 g dionin bor.