fazasida tarqaladi. Bundan tashqari qattiq faza gidrofil xossaga ega bo’lsa, oldin suvli
suyuqlikda ho’llash bilan texnologik jarayonini qulaylashtirish mumkin. Bunda suvli
suspenziyani surtma asosiga aralashtirib quyidagi sistemani, yani suvli emulsiya, yogli
suspenziya holatida amalga oshirish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aralash turdagi surtma dorilarni tayyorlash surtma
tarkibiga kiruvchi dori moddasining fizik- kimyoviy hossalari hisobga olingan holda
suspenzion hamda emulsion turdagi surtma dorilarni tayyorlash qoidalaridan foydalaniladi va
quyidagi texnologik jarayonlar bajariladi:
1.
asosni tayyorlash;
2.
suvli faza -dori moddalarning suvli eritmasini tayyorlash;
3.
emulsiyalash;
4.
qattiq dori moddalarini kiritish;
5.
gomogenlashtirish;
Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzilgan bo’lib, ularda dori moddalar
asosda eritilib, kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalari holida aralashib kelishi
mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibni tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalar texnologiyasi
prinsipida olib boriladi.
Kombinirlangan surtmalar tayyorlashda, ko’p komponеntli surtmalar tеxnologiyasiga amal
qilinadi, tayyor suspеnzion, emulsion yoki gomogеn surtmalar eng oxirida aralashtiriladi, bu o’z
navbatida surtmaning turg’unligini ta'minlaydi.
Rp.: Unq. Acidi borici 3% 25,0
Liq Burovi 5,0
M.f.unq.
D.S. Zamburug’li teri kasalliklarida
Yozilgan surtma suspenziya-emulsiya tipiga kiradi. 0,75 g borat kislota 0,5 g vazelin moyi
bilan disperslanadi, shundan so’ng vazelin bilan eziladi. Tayyor surtmaga oz-ozdan Burov
suyuqligi qo’shib aralashtiriladi, bunda dag’al emulsiya hosil bo’ladi. Shu sababli surtilganda
antiseptik va sovituvchi ta’siri tezroq ro’yobga chiqadi.
Rp.: Mentholi
Cocaini hydrochloridi aa 0,1
Sol.Adrenalini hydrochloridi 1:1000 qtt XX
Zinci oxydi 0,5
Lanolini
Vaselini aa 10,0
Ol.vaselini 5,0
M.f.unq.
D.S.
Mentol yog’da eriydi, uni surtmaga eritma tipida kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid
suvda eriydi: Ularni emulsion surtma tayyorlash qoidasi bo’yicha kiritiladi. Rux oksid suvda ham,
yog’da ham erimaydi, uni trituratsion surtmalar tayyorlash qoidasi bo’yicha qo’shiladi. Mentolni
suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Rux oksidini mayda kukun qilib bir
necha tomchi mentolli eritma tomizilib eziladi va oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi
(vazelin va lanolin aralashmasi) qo’shiladi. Oxirida suyuq parafindagi mentol eritmasini
aralashtiriladi. Havonchaning dastasi bilan surtmada chuqurcha qilinib, unga adrenalin gidroxlorid
eritmasi tomiziladi, so’ng unga kokain gidroxlorid qo’shiladi. U eriganidan so’ng surtma yaxshilab
aralashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: