Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


DAGAL DISPERSLI EMULSION SURTMALAR



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   444
farmatsevtik texnologiya

DAGAL DISPERSLI EMULSION SURTMALAR
Bu guruhga sovituvchi surtmalar, ya’ni koldkremlar deb ataluvchi surtmalar kiradi. 
(inglizcha — cold sovuq va cream — qaymoq, tom ma’nosi bilan sovuq qaymoq). Bular o’z 
tarkibida ma’lum miqdorda suv yoki suvli suyuqlik saqlaydi, bu esa surtmaga yumshoqlik, 
g’ovaklik beradi. Koldkremlar teriga surtilganda tinchlantiruvchi, sovituvchi ta’sirga ega. Bu esa 


surtma tarkibidagi suv va xushbuy hidli moddalarning bug’lanishiga bog’liq. Sovituvchi surtmalar 
yallig’lanish jarayonlari, o’tkir va qisman o’tkir formadagi ekzemalarda, dermatit va boshqa teri 
kasalliklarida ishlatiladi. Bu surtmalarning sovituvchi ta’siri tabiiy ravishda o’ziga xos bo’lib, 
bunda suv uzluksiz-tutash faza hosil qiladi va hech qanday qarshilikka uchramay bug’lanadi, 
sovituvchi ta’siri suvning bug’lanishi natijasidir. Moy/suv tipidagi emulsion surtmalarning bu 
ta’siri bilan ham bog’lam ta’sir kuchi tenglashtiriladi. Suv/moy tipidagi surtmalar sovituvchi 
ta’sirga ega emas. Lanolin emulgatori bilan barqarorlashtirilgan bu surtmada mayda suv tomchilari 
moyli asos bilan o’ralgan bo’ladi , bu esa suvning bug’lanishiga qarshilik ko’rsatadi. Surtma qalin 
qatlamining ta’siri kompress bilan tenglashtiriladi. Biroq ba’zi hollarda suv/moy tipidagi emulsion 
surtmalar sovituvchi ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Bu hol qachonki suvli faza yirik o’lchamdagi 
tomchilardan tashkil topsagina yuz beradi. Bunday surtmalar kvaziemulsion sistemalarni tashkil 
qiladi.
Simob-metall emulsion surtmasi.
Bu surtmalar dorixonalardan tayyor shaklda yoki 
offitsinal konsentrlangan kulrang simob surtmasini suyultirib beriladi. Quyida keltirilgan dorixatda 
metallni simob emulsiyasi surtma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladi.
Rp.: Hydrargyri oxydi flavi 1,0
Resorcini
Acidi salicylici aa 3,0
Vaselini
Lanolini
Adipis suilli depurati aa 10,0
M.f.unq.
D.S.Piodermiyani davolash uchun (Dare surtmasi).
Surtmaning davolovchi ta’siri sariq simob oksidi va rezorsin o’rtasidagi oksidlanish-
qaytarlish reaksiyasi natijasida aktiv simob hosil bo’lishiga asoslanadi. Lanolin va cho’chqa 
yog’ining issiq aralashmasida salitsil kislota va rezorsin eritiladi. 0,6-0,7 ml vazelin moyida sariq
simob oksidi eziladi, shundan so’ng vazelin bilan yaxshilab aralashtiriladi. Keyinroq ikkala qismni 
aralashtiriladi. Hosil bo’ladigan simobning mayda tomchilari lanolin yordamida 
turg’unlashtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin