ammoniatum seu Linimentum volatile) va ohakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib
keltirishimiz mumkin.
DF IX bo’yicha tarkib:
Rp: Solutionis Ammonii caustici 25,0
Acidi Oleinici 1,0
Olei Helianthi 74,0
M.DS.
Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungaboqar moyidan va 1,0 g olein
kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil
eritmasidan 25 ml quyib bir xil oq rangli suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil
bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat
ammoniy o’taydi.
C
17
H
33
COOH + NH
3
= C
17
H
3
COONH
4
Uchuvchan liniment bir xil oq-sarg’ish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga
ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan
holda bu liniment keragida tayyorlanadi.
Sovunli linimentlar — Saponimenta
Sovunli linimentlar asosida tana haroratida erish xususiyatiga ega bo’lgan natriyli sovun
spirtlari yotadi. Sovunli linimentlar tarkibiga odatda efir moylari, ammiak eritmasi, yod, ixtiol,
fenol, kamfora, rezorsin kabi moddalar kiradi.
Rp.: Saponis medinalis 8,0
Spiritus aethylici 84,0
Camphorae 2,0
Ol. Citri
Ol. Rosmarini 0,4
Ol. Thymi 0,2
Sol. Ammonii caustici 5,0
MDS. Revmatizmda surtish uchun.
Kolbada meditsina sovunini 90% li etil spirtida, suv hammomida eriguncha qizdiriladi va
tezda filtrlanadi. Issiq eritmada kamfora eritilib, sovugandan so’ng efir moylari va ammiak
eritmasi qo’shiladi. Aralashmani shisha idishlarga qadoqlab to’liq soviguncha sovitgichga
quyiladi.
Geterogen tipdagi linimentlarga emulsion linimentlar kiradi. Emulsion linimentlar S/M
va M/S tipiga bo’linadi.
Oling: Kungaboqar moyi 74,0
Ammoniy eritmasi 25,0
Olein kislota 1,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Bo’ginlarga so’rtish uchun yuqoridagi birikmalar emulsiya tipdagi linimentni
hosil qiladi (M/S). Bemorga beriladigan shisha idishda olein kislotani kungaboqar moyida
eritib, ustiga ammoniy eritmasi qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu liniment
uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti deb ataladi. (Linimentum ammoniatum seu
linimentum volatile)
Oling: Zigir moyi
Kaltsiyli suv teng miqdorda 25,0
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Kuygan joyga ishlatilsin.
Tayyorlash: 25 g zig’ir moyi va 25 g kaltsiyli suv shisha idishda yaxshilab chayqatib
aralashtiriladi. Tayyor mahsulot emulsiya tipidagi (S/M) linimentni hosil qiladi. Bu liniment
(Linimentum calcis) deb ham yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: