Suspenziya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Suspenziya tipidagi linimentlar dorivor
moddalar asosda hamda suvda erimagan vaqtda hosil bo’ladi. Bunday linimentlar osilmalar
(suspenziyalar) texnologiyasiga asoslanib tayyorlanadi. Suspenziya tipidagi linimentlar
turg’unligini oshirish maqsadida ularga sirt-faol moddalar qo’shiladi.
DF X bo’yicha tarkib: Rp.:Xeroformii
Picis liqudae 3,0
Olei Ricini 94,0
M.D.S. Vishnevskiy surtmasi.
Kseroform suvda, yog’da erimaydi, shuning uchun preparatga suspenziya holida qo’shiladi.
Dorixatni tayyorlash uchun kseroform qoramoy bilan yaxshilab eziladi, so’ngra oz-ozdan
muntazam aralashtirib turgan holda, kanakunjut moyi qo’shiladi. Tayyor bo’lgan liniment
“Ishlatishdan oldin chayqatilsin”, “Salqin va qorong’i joyda saqlansin” yorliqlari bilan jihozlanib,
bemorga beriladi.
Linimentlar sifatini baholash Tayyor bo’lgan linimentlar sifatini baholashda: dorixat, pasport, rangi, hidi, mexaniq
aralashmalar bor-yo’qligi va og’irlikdagi bir-biridan farqi ko’riladi, chinligi va miqdori aniqlanadi.
Hozirgi kunda linimentlar surtmalarga bo’lgan barcha talablar asosida sifat nazorati o’tkaziladi.
20
Ma’ruza 8 MAVZU 8. Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari. Ma’ruza maqsadi: Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
Linimentlarning farmakopeya tarkiblariga oid nazariy ma’lumotlarni berish.
Tayanch atama va iboralar: Linimentlar-quyuq suyuqlik
Linira-surtish
Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar
Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar
Gomogen-bir xil yoki o’xshash faza
Geterogen- turli xil yoki har xil faza
Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile- uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti
Reja: 1. Linimentlarning xususiy texnologiyalari.
2. Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash.
3. Sovunli linimentlarni tayyorlash.
4. Linimentlarni sifatini nazorat qilish