Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Aralashma tipdagi linimentlami tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Aralashma tipdagi linimentlami tayyorlash
. Aralashma tipdagi linimentlarga 
IX
—DF 


da keltirilgan streptotsid va sintomitsin linimentlarini keltirish mumkin. Chunki bu 
linimentlar tarkibida bir vaqtning o’zida suspenzion va emulsion tipdagi linimentlar 
keltirilgan. 1% Sintomitsin liniment tarkibi:
Tarkib: Sintomitsin 1,0
Kanakunjut moyi 20,0 
Emulgator 9,0 
Timol 0,15 yoki
Salitsil kislota 0,125
Tozalangan suv 100 ml gacha 
Dorihona sharoitida yuqorida qayd qilingan liniment tayyoriash jarayoni 2 
bosqichda olib boriladi.
1)
Kanakunjut moyini emulsiyasi tayyorlanadi.
2)
Tayyor emulsiyaga maydalangan sintomitsinni suspenziya holatida qo’shiladi.
Havonchada 9 g emulgator 14 ml suv bilan aralashtiriladi. So’ngra qizdirilgan 20g 
kanakunjut moyida timol yoki salitsil kislota eritilib aralashtirish davom ettiriladi, toki 
birlamchi emulsiya hosil bo’lguncha. Keyin suvning qolgan qismi oz-ozdan qo’shib, 
aralashtirib boriladi. Undan keyin havonchada 1g sintomitsin 0,5g tayyor emulsiya bilan 
eziladi. So’ngra oz-ozdan emulsiyaning qolgan qismi qo’shib aralashtiriladi va bemorga 
beriladigan idishga yuvib o’tkaziladi. "Sirtga”, "Salqin joyda saqlansin” yorlig’i bilan 
jihozlanadi. Emulgator sifatida sulfat kislotaning tsetil efir,
natriyli tuzi (S
1
6
N
33
- 0S0
2
-
ONa) ishlatiladi.(emulgator № 1). 
Agarda dorixonada yuqorida nomi qayd qilingan emulgator bo’lmasa, emulsiyani 
to’rg’unligini oshiruvchi arab yelimi. o’rik yelimi, jelatozalarni ishlatish lozim. Tarkibdagi 
20g kanakunjut moyi uchun;. arab yelimidan yoki- o’rik yelimidan 5g, jelatozadan 20 g olish 
mumkin. Birlamchi emulsiya uchun olinadigan suv miqdori moy va emulgator yig’indisini 
1/2 qismi hisobida olinadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin