21-rasm. Avtoklav AV-1 SANII.
Avtoklav konstruksiyasi havo umuman kamerada bo’lmagan holdagina sterilizatsiya kilish
imkoniga ega.
Avtoklavning ustki qismi muruvvatlar yordamida qotiriladi. Shuni alohida qayd etish
lozimki, bug’ kameralar ishlayotgan paytda ham muruvvat sovuqligicha qolaveradi. Halqasimon
rezinkalar kameraning holatini saqlab turadi.
AV-1 avtoklavning umumiy issiqlik quvvati 6 kvt ni tashqil qiladi.
Avtoklavning elektrik sxemasi ish jarayonida iste’mol qilayotgan quvvatni 2 kvt gacha
kamaytirishga imkon beradi.
Elektrapparatlari shitlarga ulangan bo’lib, avtoklav ishga tushganda lampacha yonadi.
Avtoklavning bug’ kamerasini kolonna orqali suvga to’ldiriladi. Sterilizatsion kamera suvga
to’lgizilgandan so’ng uning muruvvatlari burab berkitiladi, so’ngra kontakt manometriga
avtomatik ravishda ish rejimiga o’tkaziladi. 120°S daraja issiqlikka ko’tarish uchun apparat
kameralarini yarim soat ishlatish kifoya. Avtoklavda quyidagilarni sterilizatsiya qilish mumkin.
a) Dorixonada ishlatiladigan shisha metall va chinni asboblar 119-120°C gradusda 20-40
minut davomida sterilizatsiyalanadi.
b) Hamshira ishlatadigan vositalar (paxta, lignin, va h. k. ) 119-121°C da 20-30 minut
davomida sterilizatsiya qilinadi.
v) Sterilizatsiya qilinadigan suyuqlikni hajmiga qarab 119-120°C sterilizatsiya qilinadi —
100 ml gacha 8 minut davomida, 101 dan 500 mlgacha 8-12 minut davomida, 501 dan 1000 ml
gacha 12-15 minut davomida. 100°C sterilizatsiya qilinadi; 100 ml gacha — 30 min, 100-500 ml
— 45 min, 500-1000 ml — 60 min.
Dostları ilə paylaş: