Gaz yordamida sterillash Bu usul uchuvchan dezinfeksiyalovchi moddalarni qo’llashga asoslangan bo’lib, ularni
vakum hosil qilish orqali yoki yengil isitgich orqali eritma tarkibidan chiqarib yuborish mumkin.
Bu usul haroratga chidamsiz bo’lgan dori preparatlarni sterillashda ishlatiladi. Amaliyotda etilen
oksid va b-propiolaktonlar ko’p ishlatiladi. Ularning bakteritsid xususiyati eritmada gidrolizlanib,
mikroorganizmlarga kuchli ta’sir ko’rsatadigan moddalar hosil bo’lishiga asoslangan. Eritmalarni
sterillash uchun etilen oksidning 400-500 mg/l miqdor konsentratsiyasi yetarli hisoblanadi.
Sterilizatsiya vaqti 6 soat, etilen oksid gidrolizlanganda etilenglyukol hosil bo’ladi. Etilen oksid va
SO
2
gazlari aralashmasi bilan sterilizatsiya usuli AQSH ning 1965 y. farmakopeyasida va
Angliyaning 1963 y. farmakopeyasida ko’rsatilgan.
Suyuq etilen oksid 10,7° C da qaynaydi, po’lat ballonlarda saqlanadi. Oson yonuvchan.
teriga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 0,5 mg/l konsentratsiyada etilen oksid odamga zaharlovchi ta’sir
ko’rsatmaydi. Zaharli ta’sirni kamaytirish uchun SO
2
aralashmasi bilan ishlatiladi (9q1 qism).
Chet ellarda etilen oksid termolabil moddalarni sterillash uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari
asboblarni, apparatni, plastmassani, bog’lov materiallarini sterilizatsiya qilishda foydalaniladi.
Sterilizatsiya maxsus apparatning kameralarida vakumda va bosim ta’sirida olib boriladi. Bundan
keyin 2-4 marta steril havo bilan "yuviladi". Eritmalarni sterilizatsiya qilish uchun 400-500 mg/l
etilen oksid etadi. Harorat 20-30°C, ekspozitsiya 6 soat. Etilen oksidning gidrolizi natijasida
etilenglikol hosil bo’ladi. b — propiolakton suyuqlik bo’lib qaynash harorati 153°C Suvda
eriganda, b-oksipropion kislotaga gidrolizlanadi. 0,2% li V-propiolakton eritmalarni sterilizatsiya
qilish uchun ishlatiladi, 37°C da 2 soat sterilizatsiya qilinadi.