Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Sopol (keramik) filtrlar
Bu filtrlarga bakteriologik shamcha (30-rasm) deb ataluvchi silindrsimon shaklda, o’rtasi 
bo’sh silliqlanmagan chinnidan yasalgan filtrlar kiradi. Bu "shamchalar" orqali filtrlash 2 usulda 
olib boriladi. Birinchi usul suyuqlik ustki ochiq teshik orqali filtr ichiga tushib, undan bosim 
ta’sirida idishga filtrlanadi. Ikkinchi usul: filtrni ustki ochiq teshigi orqali maxsus moslama bilan 
boshqa idishga biriktirilib, shamcha eritma ichiga tushiriladi va biriktirilgan idishdagi havo so’rib 
olinishi natijasida filtrlanadi.
23-rasm. Bakteriologik shamcha.
Sanoatda quyidagi o’lchamlardagi shamchalarni ishlab chiqariladi: NNF
1
(4,5-7 mkm), 
F
2
(2,5-4,5 mkm), F
3
(1,9-2,5mkm) F
5
(1,3-1,9 mkm). F
7
(0,9-1,3 mkm), F
11
(0,9 mkm). F
1
va F
2
filtrlari eritmalarni sterillashdan oldin, tozalash maqsadida ishlatilib, ular orqali o’tkazilgan 
eritmalar tiniq eritma bo’lsada, lekin nosteril bo’ladi. F
3
filtri mikroskopda ko’rish mumkin 
bo’lgan mikroorganizmlarni hamda ularni sporalaridan tozalaydi. Yuqori markali filtrlar esa steril 
eritmalar olishda ishlatiladi. "Shamcha" g’ovaklarining kichik va bir tekis bo’lishi, ularni steril 
eritmalar olish uchun ishlatish garovidir. Bir filtrdan faqat bir turdagi eritmani filtrlash maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. "Shamcha" yuzasining qirilishi yoki darz ketish hollari uni ishlatish mumkin 
emasligini ko’rsatadigan belgidir. "Shamchalar" ishlatilishi davomida mikroorganizmlar 
g’ovaklarga o’tirib qolishi sababli ularni avtoklavda sterilizatsiya qilib tozalab turish kerak. 
Sterilizatsiya avtoklavlarda quruq bug’ bilan 160-170°C da 1 soat davomida o’tkaziladi.
Shisha filtrlar — shisha donalari yopishtirilgan plastinka hisoblanib, har xil o’lchamda 
chiqariladi. Katta o’lchamli g’ovakli filtrlar nosteril eritmalarni oldindan tozalash maqsadida 
qo’llaniladi. 5-raqamdagi filtr teshikchalari 0,7-1,5 mkm bo’lib, steril eritmalar olish uchun qulay. 
Filtrlash vakum ostida olib boriladi. Shisha filtrlar ishlatish uchun qulay, arzon, lekin ularni 
qo’llashdan oldin sterillanadigan eritmalar oddiy filtrlardan o’tkazilishi kerak. Bu shisha filtrlarni 
ifloslanishdan saqlaydi.
Shisha filtrlarni ishlatish davomida mikroorganizmlar hamda mexanik iflosliklar bilan 
ifloslanadi. Ularni tozalash maqsadida xrom aralashmasi bilan yuvib tozalanadi. Shisha filtr 


ishlatayotganda uni ustiga 1-2 qavat filtr qog’oz qo’yilsa, uning ifloslanishi kamayadi va ishlash 
vaqti o’zayadi.
Membranali filtrlar — dori modda eritmalarini to’liq sterillash maqsadida qo’llaniladi, 
g’ovak, sun’iy toladan — sellyuloza va uning efirlaridan olinib patron, disk shaklidagi filtrlar, 
qalinligi 100 mkm va g’ovaklari 0,2-3 mkm li teshiklardan iborat. Tolalar eritma ta’siriga,
suyultirilgan kislota va ishqor ta’siriga chidamli, ammo spirt va efir ta’sirini sezuvchan 
hisoblanadi. Membranali filtrlar quritilganda mo’rt, sinadigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ularni 
tozalangan suvda konservant qo’shib saqlash kerak.
Materiallardan tayyorlangan filtrlarga misol qilib, Zeyts filtri va Salnikov filtrini keltirish 
mumkin (31-rasm). Filtrning asosiy qismlaridan ramalar va ustki qopqog’i, filtrlaydigan asbest 
plastinkalar rama orasida joylashtiriladi. Suyuqlik asbest plastinka orasidan o’tib filtrlanadi va 
shtutserlar orqali tozalanib chiqadi. Yig’ilgan filtr moslamani ishlatishdan oldin sterillanadi. Filtr 
bosim ostida ishlaydi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin