Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Termolabil va tez oksidlanuvchi moddalardan in’yeksion eritmalar tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Termolabil va tez oksidlanuvchi moddalardan in’yeksion eritmalar tayyorlash
Termolabil moddalar eritmasi aseptik sharoitda termik sterilizatsiyasiz tayyorlanadi. Bunday 
moddalarga akrixin, barbital-natriy, geksametilentetramin, etakridin laktat, apomorfin 
gidroxloridlar kiradi.
Rp: Sol. Barbitali natrii 5% — 50 ml
Sterilisetur!
D.S. In’yeksiya uchun.
Tayyorlanishi: aseptik sharoitda 2,5 g barbital natriy o’lchov kolbasiga solinib uni 
sterillangan in’yeksiya suvida eritiladi va hajmi 50 ml ga yetkaziladi. Belgilangan idishga 
filtrlanadi. Idishga «Aseptik sharoitda tayyorlangan» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. 
Oson oksidlanuvchi moddalarni stabillash uchun, masalan: askorbin kislotasi, dorivor 
moddadan ko’ra osonroq oksidlanuvchi antioksidantlarni (natriy sulfit va shunga o’xshash) 
eritmaga qo’shish lozim. 
Aseptik usulda oson oksidlanadigan moddalar eritmasini tayyorlash.
Askorbin kislotasi, adrenalin gidrotartrat, morfin gidroxlorid, vikasol, novokainamid, 
fenotiazin. Oson oksidlanuvchan moddalar eritmasi tayyorlanganda va ayniqsa sterilizatsiya 
vaqtida harorat hamda suvda erigan va bo’sh yerdagi kislorod ta’sirida moddaning oksidlanishi 
ro’y beradi. Mana shu oksidlanishning oldini olish maqsadida ularga antioksidantlar qo’shiladi.
Rp: Sol.Acidi ascorbinici 5% - 200 ml
Sterilisetur!
D.S. 1 ml dan mushak orasiga.
Pasporti
: Askorbin kislota10 g
Natriy sulfit 0,4 
1000ml-2ml
200ml-X
Natriy gidrokarbonat 0,472
1000-23,85
200-X
In’yeksiya suvi- 200ml
V
um = 
200 ml
Yuqoridagi retsept oson oksidlanuvchi modda eritmasiga misoldir. MTH bo’yicha askorbin 
kislotasi eritmasini tayyorlash uchun 1 litr eritmaga 2 g suvsizlangan natriy sulfit (antioksidant 
sifatida) va 23,85 g natriy gidrokarbonat qo’shib tayyorlanadi. Eritmaga natriy gidrokarbonat 


tuzini qo’shishdan maqsad askorbin kislotaning keskin kislotali muhitini neytrallashdir. In’yeksiya 
uchun suv yangi qaynatilgan bo’lishi kerak.
Tayyorlanishi: aseptik sharoitda 10 g askorbin kislota, 0,4 g suvsizlangan natriy sulfit va 
4,77 g natriy gidrokarbonat o’lchov kolbasiga solinib, 1/3 qism in’yeksiya uchun ishlatiladigan 
suvda karbonat angidrid gazi batamom chiqib ketgunga qadar yaxshilab aralashtirib turgan holda 
eritiladi. So’ng yana 1/3 qism suv qo’shib tuzlar erib bo’lguncha aralashtiriladi. Gaz pufaklari 
ajralishi to’xtagach, eritma hajmi 200 ml ga yetkaziladi.
Tayyor eritma steril filtr orqali 200 ml li idishga qadoqlanadi. Idishning og’zi rezina tikin va 
alyumin qopqoq bilan zich qilib berkitiladi. Mexanik zarrachalar bor-yo’qligi tekshirilib, so’ng 
avtoklavda 120°C haroratda 12 daqiqa sterillanadi. Yana mexanik zarrachalar bor-yo’qligi 
tekshirilib, tegishli yorliq yopishtiriladi.
Rp: Sol. Glucosi 5% — 100 ml
Sterilisetur!
D.S. In’yeksiya uchun.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin