Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Ikkinchi usul
.
Ingliz usuli. 
Olingan miqdordagi emulgatorni oz miqdordagi suvda eritib,
keyin tomchilab yog‘ qo‘shiladi. Hamma yog‘ni emulgirlab bo‘lgandan keyin, birlamchi 
emulsiyaga qolgan suv quyiladi.
Uchinchi usul. Ibn Sino usuli(Rus usuli) . 
Stakanga suv tortib olinadi, ustiga yog‘.
Kerakli miqdorda olingan emulgatorni hovonchada eziladi va unga yog‘ bilan suvning arashmasi


qo‘shib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiyaga suv qo‘shiladi. SHunday qilib 
yuqorida berilgan usullar moddalarning oldinma-ketin olinishiga va ba‘zi bir texnik usullarni 
qo‘llashga bog‘liq. Komponentlarning miqdori — yog‘ni retsept ko‘rsatmasi bilan, emulgator 
miqdorini emulgirlash qobiliyatiga qarab, suv miqdorini emulgatorning suvda erishini hisobga 
olib, birlamchi emulsiya hosil qilishiga ko‘ra olinadi.
Boshqa emulgatorlar uchun suv va emulgatorlar miqdori boshqacha. Masalan: bu 
emulsiyani o‘rik elimi yoki olxo‘ri elimi bilan tayyorlansa, 6 g emulgator, 25-30 ml suv olinib, 
ularning arab elimiga nisbatan kam eruvchanligini hisobga olish kerak. Ko‘rsatilgan usullar bilan 
emulsiyalarni barcha emulgatorlardan tayyorlasa bo‘ladi (eritma holida ishlatiladigan salep 
shilimshig‘i, kraxmal elimidan tashkari). Ularga ikkinchi usulni qo‘llash mumkin.
Kraxmal bilan emulsiya quyidagicha tayyorlanadi: 10 g kraxmalni chinni idishga teng 
miqdordagi sovuq suv solib aralashtiriladi va 80 ml kaynok suvni ustiga qo‘shib aralashtiriladi 
va bir oz qaynagunga kadar isitiladi. Hovonchaga o‘tkazilgan yarim sovutilgan, eritmaga 20 g 
yog‘ oz-ozdan qo‘shib, hovonchada yaxshilab emulgirlanadi. Birlamchi emulsiyaga oz-ozdan 
suv qo‘shib 200,0 gacha suyultiriladi.
Tragakant bilan tayyorlash quyidagicha: 2 g mayda tragakant poroshogidan, 20 marta ko‘p 
suv bilan tragakant shilimshig‘ini tayyorlab olinib, unga tomchilab 20 g yog‘ qo‘shiladi. Hosil 
bo‘lgan birlamchi emulsiyaga 200 g bo‘lguncha suv qo‘shiladi.
Quruq sut bilan emulgirlash quyidagicha: 10 g quruq sut, 10 g yog‘ bilan aralashtirib, 10 g 
suv qo‘shiladi va hovonchada birlamchi emulsiya hosil bo‘lguncha eziladi va kerakli 
miqdorgacha suv qo‘shiladi. Emulgator T-2 qo‘llanganda uning kerakli miqdori olinib, suv 
hammomida eritiladi va hovonchada 10 marta ko‘p 60-70°S suvni ustiga qo‘shiladi va 
soviguncha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan qaymoqqa o‘xshash bir xil aralashma o‘ziga yog‘ni 
oson qabul qiladi. Hosil bo‘lgan birlamchi emulsiya retseptda ko‘rsatilgan miqdorgacha 
suyultiriladi.
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin