Emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish Ba‘zi bir dori moddalarni tanaga yuborishda emulsiya o‘ziga xos asos sifatida qo‘llaniladi.
SHu bilan birga
dorilarning munosabati hamda fizik-kimyoviy tuzilishi natijasida
muvofiklashgan murakkab tarkib hosil bo‘ladi. Emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shishda
fazalarning turiga ham ahamiyat beriladi. Bir xil modda yog‘da eriydi, lekin suvda erimaydi,
boshqasi aksincha, suvda eriydi, lekin yog‘ bilan aralashmaydi. Ko‘pincha emulsiyaga
kiritiladigan moddalar xech kaysi fazada erimaydi. Ba‘zi bir qo‘shiladigan moddalarning
xossalariga qarab murakkab emulsiyalarni tayyorlash aniqlanadi.
14 - Ma‘ruza. MAVZU 14 . Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‗shish qoidalari, sifatini baholash. Ma‘ruza maqsadi: emulsiya nima, hosil bo‘lish yo‘llari, GLB ko‘rsatkichlari va ularning
emulsiya turg‘unligiga ta‘siri, emulsiya tipi aniqlash bilishlari kerak.
Reja:
1. Urug‘li emulsiyalar.
2.Emulsiyalarni tayyorlashning uziga xos xususiyati.
3.Emulsiyaga dorivor modda qushish tartibi.
4.Emulsiya sifatini baxolash kursatgichlari.
Tayanch atama va iboralar: emul‘siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suv-
moy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash, moyli emul‘siya, urug‘li
emul‘siya.
Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa) Hamma yog‘li emulsiyalar, agar retseptda yog‘ning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF ga
asosan bodom yoki unga o‘xshash o‘rik, shaftoli yog‘idan tayyorlanadi. Agar yog‘ning miqdori
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog‘ olinadi. Emulgatorning nomi
ko‘rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur
bo‘lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta‘minlash maqsadida
gemogenizatorlardan o‘tkaziladi. Bunda yog‘ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo‘ladi. yog‘li
emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo‘llash mumkin.