Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Suyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Suyuq ekstraktlardan foydalanib poroshoklar tayyorlash


Oling: Belladonna ekstraktidan 0,02
Anestezindan 0,2
Magniy oxididan 0,3
Aralashtiring, poroshok xosil bo‘lsin.
Shunday dozadan 6 dona bering.
Belgilang. Bitta poroshokdan 3 maxal ichilsin. 
Pasporti: 
Belladonna quyuq ekstrakti eritmasidan 1:2 0,24
Anestezindan 1,2
Magniy oksididan 1,8
0,54 №6
Texnologiyasi: 
1,2 g anestezin xovonchaga solib maydalanadi, ustiga magniy oksidi bir
necha bo‘lakka bo‘lib solinadi va aralashtiriladi. So‘ngra ustiga 7 tomchi (0,24 g)quyuq 
belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so‘ngra bir xil sochiluvchan poroshok xosil 
bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,54 g dan mumli yoki parafinli kapsulalarga 
qadoqlanib, qog‘oz xaltachalarga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.
Efir moylari qo‘shib poroshok tayyorlash
Efir moyi poroshok tarkibiga Qand bilan aralashgan holda qo‘shiladi va bu aralashmani 
efir moyi- Qand aralashmasi Elaeosaccharum deb ataladi. Efir moyi- Qand aralashmasi 2,0 g 
qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shib tayyorlanadi. Ammo efir moyi- Qand aralashmasi atirgul va 
achchiq apelsin moyidan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi 
qo‘shiladi. Efir moyi qand aralashmasi kerak bo‘lganda tayyorlanadi, chunki efir moyi oddiy 
sharoitda ham uchuvchan bo‘ladi. Tayyor efir moyi-Qand aralashmasi og‘zi jips berkitiladigan 
shisha idishlarda, miqdor iga bo‘lingani esa pergament qog‘ozlarda beriladi.
Rp.: Olaeo sacchari Menthae 0,4
Natrii hydrocarbonatis 0,1
Misce fiat pulvis
Da tales doses № 10
Signa. Kuniga 1 poroshokdan 3 maxal ichilsin.
Texnologiyasi: 
4,0 Qand kukuni hovonchaga solib yaxshilab maydalanadi, uning ustiga 2
tomchi yalpiz efir moyi tomizib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan yalpiz efir moy-Qand aralashmasi 
pergament qog‘ozga olib qo‘yiladi. Syngra hovonchaga natriy gidrokarbonat solib maydalanadi, 
uning ustiga tayyorlab qo‘yilgan yalpiz efir moy-Qand aralashmasi solib sochiluvchan poroshok 
hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,5g dan pergament qog‘ozga qadoqlab, 
qog‘oz xaltachaga solinadi, so‘ngra kerakli yorliq yopishtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin