Standart farmokopeya suyuqliklari deb, kislota, ishqor va tuzlarning aniq konsentratsiyada
korxonada tayyorlangan va DF da alohida maqola berilgan suvli eritmalarga aytiladi. Standart
eritmalar suv bilan yaxshi aralashadi va ularni suyultirish, 582 bo‘yrug‘i asosida olib boriladi.
Standart farmakopeya suyuqliklari suyultirish 3 guruhga bo‘lib o‘rganiladi.
1.Xlorid kislotasini suyultirish.
2.Ammiak eritmasi va sirka kislotasini suyultirish.
3. 2 xil nomga (shartli va kimyoviy) ega bo‘lgan standart suyuqliklarni suyultirish.
Xlorid kislotaning turli konsentratsiyasidagi eritmalari uning 8,3% li suyultirilgan
kislotasidan tayyorlanib, uni birlik sifatida qabul qilingan. Agar dorixatda kislota
konsentratsiyasi ko‘rsatilmasa, suyultirilgan xlorid kislota tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: