Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   444
farmatsevtik texnologiya

9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni
Kukun tarkibidagi moddalarning yomon ta'mi, hidi va mazasini niqoblash, rangli 
moddalarning ifloslantirishini yo‘qotish maqsadida (metilen ko‘ki, riboflavin, faollashtirilgan 
ko‘mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash maqsadlarida elaki dorilar 
kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga joylashtirilishi mumkin (13-rasm).
Kapsulalarga joylangan kukunlar karton quticha yoki shisha idishlarda beriladi. Kukun 
tarkibiga uchuvchan moddalar kirsa, ular og‘zi yaxshi yopiladigan shisha idishlarga solinadi. 
Tarkibida zaharli moddalar saqlagan kukunlarni qadoqlashda uning mustahkamligiga e'tibor 
berish kerak. Zarurat bo‘lsa ularni surgich yoki mum bilan muhrlash zarur. Dozalanmagan 
kukunlarni qog‘oz xaltalarda hamda karton qutichada qadoqlab berish yoki shisha, plastmassa va 
tunuka idishlarga solish mumkin.
5.Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo‟yilgan talablar.
Bir xilligi. Tayyorlangan poroshok oq qog‘ozga sochilib ko‘riladi (100g). Namuna 
poroshok massasining chetidan, oldidan, orqasidan olinadi. Har bir namunada poroshokning 
miqdori bir xil bo‘lishi kerak.


Zarrachalar o‘lchami. Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rilganda poroshok zarrachalar 
o‘lchami bir xil bo‘lishi kerak.
Sochiluvchanligi. Poroshok massalari bir xil bo‘lishi, qotib qolgan nam 
qatmoqlar bo‘lmasligi kerak. Massa oson sochilishi, oqishi kerak.
Mazasi. O‘ziga xos mazali bo‘lishi kerak. Achchiq mazani korregirlash kerak.
Poroshoklarning og‘irligi. Ichish uchun poroshoklar judayam kam (0,1 g kam ) 
yoki ko‘p (1 g ko‘p) og‘irlikka ega bo‘lmasligi kerak. Bu qo‘llash uchun qulaylikka ega bo‘lish 
uchun.
2
Tarozining metrologik tavsifi uning turg‘unligi ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi 
ko‘rsatkichlami o‘z ichiga oladi.
Turg‘unligi - bu tarozi elkasini muvozanat holatidan chiqib ketib 4-6 marta 
harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat holatini egallashga aytiladi.
Ishonchliligi- bu tarozini o‘lchanadigan modda va tosh o‘rtasidagi muvozanatiga aytiladi 
(tosh bilan o‘lchanadigan moddani almashtirib qo‘ygan xolatda ham birinchi muvozanat xolatini 
ko‘rsatishiga aytiladi).
Doimiyligi - bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o‘lchaganda 
ham, bir xil ko‘rsatkichni ko‘rsatishiga aytiladi.
Sezgirligi - bu tarozining juda kichkina og‘irlikni sezib, o‘z muvozanat holatidan chiqib 
ketishiga aytiladi.
Og‘irlik o‘lchov birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Kilogramm platina - irridiy 
qotishmalaridan tayyorlangan silindrsimon massa. Dorixonada ikkinchi sinf texnik toshlar 
qo‘llaniladi. Ularga may da (milligramm) - 10 mg dan 1000 mg gacha va yirik (grammli) - lg dan 
200 g yoki 500 g gacha bo‘lgan toshlar kiradi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin