moddaning sathi qanchalik katta bo‘lsa, bo‘larning o‘zaro ta‘siri shunchalik kuchlidir. Shunday
qilib preparatning kimmati ko‘p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan
aniqlanadi. Bundan tashkari ko‘prok disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar,
bo‘linmagan moddadagiga karaganda faolrok ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya
holatida turgan yog‘lar emulgirlanmagan yog‘larga karaganda me‘da-ichak yo‘lining
fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezrok duchor bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki,
bunda yog‘ning bemaza ta‘mi yo‘qoladi, yog‘larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning
ta‘sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo‘lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar
farmakoterapiyasida katta ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko‘rsatkichi kuchli bo‘lganligi
sababli, ko‘rinish jixatdan sutni eslatadi. Shunga ko‘ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish
sababi quyidagicha: lotincha so‘z emulgere — sogish, bundan emulsio, emulsiones —
sogilayotgan, emulsum, emulsa — sogilgan. Oxirgi termin nomi aniqroq belgilangan. Emulsiya
— qadimgi dori shakli bo‘lib, 1-Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb
hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: