Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Hisoblash:
Borat kislotasi 1,0 g
Vazelin moyi 0,5 g (25 tomchi)
Vazelin 19.0 g
Bor kislotasi suvda qiyin eriydigan modda bo’lgani uchun u surtmaga suspenziya holida 


kiritiladi. Vazelin uglevodoroddi asos bo’lgani uchun yordamchi modda sifatida vazelin moyi 
ishlatiladi.
Havonchaga 1,0 gr bor kislotasidan solib u 0,5 gr (25 tomchi) vazelin moyi bilan 
bo’tqasimon aralashma hosil bo’lguncha yaxshilab eziladi. So’ng dorixatda yozilgan 19,0 g 
vazelin 3-4 ga bo’linib qo’shiladi va toki bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Vaqti —
vaqti bilan surtmani havoncha dastasi va devorlaridan tushirib turish kerak. Tayyorlangan surtma 
qadoqlanadi va ’’Salqin joyda saqlansin”, ’’Sirtga ishlatish uchun” yorliqdar bilan jihozlanadi.
Tushuntirish matni
Agar surtma tarkibidagi suvda va asosda erimaydigan moddalar 5% dan 25% gacha tashkil 
qilsa, 
unda qattiq fazani tashkil qilgan moddalar isitilgan havonchada eritilgan asosning bir 
qismi (qattiq fazani 1/2 qismi) bilan eziladi. Bunda yordamchi suyuqlik ishlatish maqsadga 
muvofiq emas, chunki bunda surtma suyuqlashadi va dorivor moddalar kontsentratsiyasi 
kamayib ketadi.
1.
Rp: Streptocidi 0,5
Acidi saiicylici 0.3
Vaselini 10,0 
M.f ung.
D.S.
Hisoblash:
Streptotsid 0,5 g
Salitsil kislotasi 0, 3 g 
Vazelin 10,0 g
Dorixatda keltirilagn streptotsid va salitsil kislota suvda va asosda e rimaydigan 
moddalar bo’lgani uchun ular suspenziya holila surtmaga kiritildi. Bu dorixatda ularning 
miqdori surtma og’irligiga nisbatan 7,4% tashkil qiladi. Shuni hisobga olgan holda suv 
hammomida isitilgan (50-60°C) havonchaga streptotsid va salitsil kislota solib, ularni 0,4-0,5 
g vazelin bilan bir xil aralashma hosil bo’lguncha eziladi. Isitilgan havonchada vazelin 
suyuqlanadi. So’ng qolgan vazelinni 2-3 bo’lakga bo’lib qo’shiladi va toki bir xil massa hosil 
bo’lguncha aralashtiriladi. Vaqti vaqti bilan surtmani havoncha dastasi va devorlaridan 
tushirib to’rish kerak. Tayyorlangan surtma qadoqlanadi va ’’Salqin joyda saqlansin", "Sirtga 
ishlatish uchun” yorliqlar bilan jihozlanadi.
2.
Rp: Zinci oxydi
Gelatinae ana 1,25 
Glycerini 5,0
Aquae purificatae 5 ml
M.f. ung.
D.S.
Pasport: Pyx oksidi 1,25 g 
Jelatin 1,25 g 
Glitserin 5,0 g 
Tozalangan suv 5 ml
Rux oksid suvda, glitserinda va jelatin eritmasida erimagani uchun, suspenziya holida 
kiritilishi lozim. Jelatinli asosni tayyorlash uchun posongilashtirilgan chinni kosachaga 1,25 
g maydalangan jelatinni solib uning ustiga 5 ml tozalangan suv solinadi va 30 -40 daqiqaga 
bo’kish uchun qoldiriladi. Bo’kkan jelatinga 2,5 g glitserin solib (yarmini) suv hammomida 
to’liq erib ketguncha isitiladi. So’ng chinni kosachani tortib ко’rib yetmagan suv qo’shiladi. 
Isitilgan havonchada 1,25 g rux oksidi qolgan glitserin bilan eziladi va unga jelatin eritmasi 
qo’shib toki bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyorlangan surtma qadoqlanadi, 
"Salqin joyda saqlansin", "Sirtga ishlatish uchun" yorliqar bilan jihozlanadi. Surtma dori 
turlarining sifati boshqa dorilar kabi baholanadi. Ammo suspenzion surtmalarda eng asosiy 
ko’rsatkich bu dori moddalarning zarrachalarining o’lchamlari va bir xilligidir. XI DFda 
zarrachalaming o’lchamlarini aniqlash uchun mikroskopik usul taklif etilgan.



Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin