Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə333/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Rp: Аnalgini 0,5
Tannini 2,0
Lanolini


Vaselini ana 25,0
M.D.S.
Hisoblash: Analgin 0,5g
Tanin 2,0g
Lanolin suvsiz 17,5 g 
Vazеlindan 25,0 g
Tozalangan suvdan 7,5 ml 
Yordamchi idishga 7,5 ml tozalangan suv solinadi va unda tortib olingan 0,5 g analgin 
(eruvchanligi 1:1,5) va 2,0 g tanindan (eruvchanligi 1:3) solib eritiladi. Tayyorlangan eritma kеrak 
bo’lsa suziladi. Havonchaga tortib olingan 25,0 g vazеlin solib, uni 17,5 g suvsiz lanolin bilan 
aralashtiriladi va so’ng 2-3 bo’lakga bo’lib dorivor moddalarning eritmasi qo’shiladi va toki bir xil 
massa hosil bo’lguncha emulgirlanadi. Tayyorlangan surtma qadoqlanadi va “Salqin joyda 
saqlansin”, “Sirtga ishlatish uchun” yorliqar bilan jihozlanadi. 
2. Rp: Аethacridini lactatis 0,05
Lanolini anhydrici
Vaselini ana 
Aguae purificatae ana 10,0
M.D.S.
Hisoblash:
Etakridin laktat 0,05g
Suvsiz lanolin 10,0 g
Vazеlin 10,0 g
Tozalangan suv 10,0 ml 
Havonchada 10,0 ml tozalangan suvda tortib olingan 0,05 g etakridin laktat eritiladi, kеrak 
bo’lsa eritma suziladi. So’ng bu eritmaga 10,0 suvsiz lanolin qo’shib yaxshilab aralashtiriladi va 
10,0 g vazеlin oz-ozdan solib, toki bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan 
surtma “Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga qo’llash uchun” yorliqlari bilan jihozlanadi va 
qadoqlanadi.
3. Rp: Protargoli 1,0
Lanolini 3,0
Vaselini 12,0 
M.D.S.
Hisoblash:
Protargol 1,0 g
Lanolin suvsiz 2,1 g
Vazеlin 12,0 g
Glitsеrin 6-8 tomchi
Tozalangan suv 0,9 ml
1,0 g tortib olingan protargol havonchada 6-8 tomchi glitsеrin bilan eziladi va 0,9 ml 
tozalangan suv qo’shiladi. So’ng tayyor bo’lgan eritma lanolin bilan emulgirlanadi. Aralashmaga 
12,0 g vazеlin qo’shib toki bir xil surtma hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan surtma 
“Salqin joyda saqlansin”, “Sirtga qo’llash uchun” yorliqlari bilan jihozlanadi va qadoqlanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin