Mavzu; Metropolitin va uning ahamyati



Yüklə 488,38 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü488,38 Kb.
#95537
AYRT O A — копия

Andijon mashinasozlik inistituti Transport va Logistika fakulteti Yo’l muhandistligi 1 kurs 44 22 guruh talabasi Omonliqov Abdurasulning AYRT fandan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mavzu; Metropolitin va uning ahamyati.

  • Mavzu; Metropolitin va uning ahamyati.
  • Reja;
  • 1 Metropolitin tushunchasi.
  • 2 Metropolitin yo’lini qurilishi .

Metropoliten (fransuzchamétropolitain) yoki Metro (fransuzchamétroinglizchasubway) — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin.
Metropoliten yoʻllari shaharning rivojlanish rejalarini, yoʻlovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, ishlab chiqarish, savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shuningdek, shahar muhandislik-geologik sharoitlarni inobatga olib belgilanadi[1].
Metropoliten yer usti yoʻllari estakadalar ustidan oʻtkaziladi. Yer yuzasida harakatlanadigan vagonlar joyning relyefi va shahar binolarining joylashish sharoitlaridan kelib chiqib aniqlanadigan balandlikda qatnaydi. Bunday yoʻllar Nyu-YorkChikagoBostonFiladelfiya (AQSh), Gamburg (Germaniya) shaharlarida 20-asr boshlarida kurilgan. Ammo, keyinchalik shaharlarning rivojlanishi tufayli metropoliten asosan, yer ostida quriladigan

Metropolitenni yer yuzasida joylashtirish yoʻllarning chetlari, shaharning aholi kam joylashgan qismlarida, odatda, keyinchalik yer osti yoʻllariga aylantirish maqsadida, chuqur oʻyiqlarda amalga oshiriladi. Yer yuzasida joylashgan Metropolitenlarning oddiy temir yoʻllardan farqi ularning elektr energiya bilan taʼminlanish usulidir.

  • Metropolitenni yer yuzasida joylashtirish yoʻllarning chetlari, shaharning aholi kam joylashgan qismlarida, odatda, keyinchalik yer osti yoʻllariga aylantirish maqsadida, chuqur oʻyiqlarda amalga oshiriladi. Yer yuzasida joylashgan Metropolitenlarning oddiy temir yoʻllardan farqi ularning elektr energiya bilan taʼminlanish usulidir.
  • Metropolitenlarni yer ostida (tunellarda) joylashtirish eng keng tarqalgan usul boʻlib, ular sayoz (5–10 m chuqurlikda) va chuqur (10–60 m) turlarga boʻlinadi.

Metropolitenlar sayyoz yoki chuqur joylashtanligiga qarab, ochiq va yopiq usullarda quriladi. Ochiq usulning mohiyati: bekat yoki yurish tunneli konstruksiya devorlari nishabli yoki qoziqlar (keyingi paytda anker va nagellar) dan foydalanib mahkamlanadigan kotlovanlarda tiklanib, gidroizolyasiya qilinib, grunt bilan koʻmiladi. Yopiq usulning mohiyati: tunnel qurish ishlari yer yuzasini ochmasdan, xuddi togʻda tunnel ochishdagidek usulda yoki maxsus temir qalqonlardan foydalanib bajariladi.
Ochiq usulda (sayoz joylashgan metro yoʻllarda) quriladigan bekat tunnellari konstruksiyalari 2 va 3 oraliqda ustunli rama koʻrinishga ega boʻlib, yirik yigʻma temir-beton elementlardan tashkil topishi yoki yaxlit temir-betondan tiklanadigan bir gumbazli koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Bu usulda quriladigan yurish tunellari konstruksiyalari, odatda, toʻgʻri toʻrtburchak koʻrinishdagi koʻndalang kesimga ega boʻlib, alohida yigʻma temir-beton elementlar (asos, devor va shift plitalari) yoki hajmli seksiyalardan tiklanadi.
Yopiq usulda (chuqur joylashgan, baʼzi hollarda sayoz joylashgan metro yoʻllarida ham) quriladigan bekat konstruksiyalari bir gumbazli, 3 gumbazli koʻrinishdagi koʻndalang kesimga ega boʻlib, yigʻma va yaxlit temir-betondan, poʻlat va choʻyandan tiklanadi. Bu usulda quriladigan yurish tunellari konstruksiyalari aylana shaklidagi koʻndalang kesimda alohida yigʻma temir-beton va chuyan tyubing (blok)lardan yigʻiladi yoki yaxlit temir-betondan quriladi.
Metropoliten bekatlarining meʼmoriy uslubi, odatda, biror mavzuni yoritishga bagʻishlanadi. Masalan, Toshkent metropolitenining Kosmonavtlar bekati meʼmorligi kosmonavtikaning rivojlanish yoʻllarini yoritishgaAlisher Navoiy bekati meʼmorligi ulugʻ muta-fakkir va shoir ijodi mohiyatini yoritishga, Sobir Rahimov bekati meʼmorligi taniqli oʻzbek generalining jasoratini aks ettirishga bagʻishlangan.
Metropoliten bekatlariga kirish va chiqish, asosan, 2 usulda: yer usti vestibyuli (dahlizi) yoki yer osti vestibyuliga olib boradigan zinalar orqali amalga oshiriladi. Vestibyullar turli kirish va chiqish joylarini birlashtirib, zinalar yoki eskalatorlar vositasida Metropoliten bekat platformasi bilan ulashga moʻljallangan. Zarur hollarda (asosan, chuqur joylashgan bekatlarda) quriladigan eskalator komplekslari qiya joylashgan tunellarda joylashtiriladigan eskalatordan, uzatish stansiyasi va tortish kameralaridan tashkil topadi.
Metropoliten yoʻllari kesishuv joylarida bekatdan bekatga oʻtishning 3 turi mavjud: bir bekat oxiridan 2-bekat oxiriga; bir bekat markazidan 2-bekat oxiriga; bir bekat markazidan 2-bekat markaziga oʻtiladi. Uchala holda ham tunnellari bekat konstruksiyasiga bir satxda, yuqoridan yoki pastdan ulanishi mumkin.
inshootlari yongʻinga qarshi va xoʻjalik ehtiyojlariga zarur boʻlgan suv bilan taʼminlanadi. Tunnellarga tashqaridan sMetropoliten izib kirishi mumkin boʻlgan suv hamda xizmat va ishlab chiqarish xonalaridan, bekat oʻtish tunnellarini yuvishdan chiqqan oqova suvlari qiya tarnovlar orqali trassaning past joylariga toʻplanadi va tashqariga shahar suv oqimlari turkumiga chiqariladi.
Poyezdlar harakati, yoritchsh tizimi va texnologik qurilmelar (eskalatorlar, santexnika, aloqa, avtomatika va telemexanika, taʼmirlash va maishiy asbobanjomlar)dan foydalanish uchun zarur boʻlgan elektr taʼminoti shahar elektr stansiyasi va kichik stansiyalardan amalga oshiriladi.
Dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidagi yirik shaharlarda Metropolitenlar mavjud. Eng yirik Metropolitenlar Nyu-York (1868-yildan), London (1863-yildan), Parij (1990-yildan), Tokio (1927-yildan), Moskva (1935-yildan), Mexiko (1902-yildan), Seul (1927-yildan), Toshkent shaharlarida joylashgan. 1977-yildan foydalanilayotgan Toshkent Metropolitenining umumiy uzunligi 38,25 km, bekatlar soni esa 29 ta.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xrapov V. G. i dr., Tonneli i metropoliteni, M., 1989;
Rashidov T. R., Ishanxodjayev A. A., Seysmostoykost tonnelnix konstruksiy metropolitena melkogo zalojeniya, T., 1993.
Abdurahmon Eshonxoʻjayev.[2]
Yüklə 488,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin