Eruvchanlikni aniqlash usuli . Aniq tortib olingan moddani o‘lchab olingan suyuqlikka
solinadi va 10 min. ichida 20±2°S da to‘xtovsiz chayqatiladi. Moddani hovonchada oldindan
maydalab olish mumkin. Sekin eriydigan moddalar suv hammomida 30°S gacha isitiladi. Faqat
kuzatish uchun ularni ham 20°C gacha sovutiladi va 1-2 min chayqatiladi.
7-Jadval Eruvchanlikjadvali 10 Belgilangan atamalar
1 g moddani eritish uchun kerak
bo‘lgan erituvchi (ml) miqdori
Juda oson eriydigan
1 ml gacha
Oson eriydigan
1 ml dan 10 ml gacha
Eriydigan
10 – 30 ml gacha
Ma‘lum qismda eriydigan
30 – 100 ml gacha
Kam eriydigan
100 – 1000 ml gacha
Juda kam eriydigan
1000 – 10 000 ml gacha
Amalda erimaydigan
10 000 ml dan ko‘p
Sekin eriydigan moddalar uchun erish sharoiti DF maqolalarida ko‘rsatiladi. Moddaning
eruvchanligi haroratga uzviy bog‘liq. Dorivor moddalarning asosiy qismi harorat ko‘tarilishi
bilan eruvchanligi oshadi. Lekin ayrim holda, aksincha, harorat ko‘tarilishi eruvchanlikni
pasaytiradi (masalan, aktinomitsinlar, kalsiy tuzlari).
Ayrim dori moddalari sekin eriydi, lekin eritish natijasida yuqori konsentratsiyali eritmalar
olish mumkin. Bunday moddalar erishini tezlashtirish maqsadida ularni isitish, eruvchi moddani
oldindan maydalab olish va aralashtirish mumkin.
Farmatsiya amaliyotida ishlatiladigan chin eritmalar keng tarqalgan bo‘lib, ularni eritishda
qo‘llangan erituvchiga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
1. Suvdagi eritmalar.
10
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th
ed. Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(365 р)
Boshqa erituvchilarda erigan eritmalar.
Ularda erigan modda agregat holatiga qarab:
qattiq moddalarning eritmalari.
Suyuq moddalarning eritmalari.
Gazsimon moddalar eritmalari.