Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Umumiy texnologik usullar
Suyuq dori shaklida foydalaniladigan komponentlarning hammasidan yuqori darajali 
eritma tayyorlanadi. Bunday suyuq dorilardan foydalanishda shu eritmalardan aniq bir hajmda, 
idishga o‘lchab olinsa kifoya. Albatta bunda eritmalarni solish navbati ularning xususiyatiga 
qarab belgilanadi.
Yuqori darajali eritmalari bo‘lgan moddalardan tashqari, yana boshqa dori moddalar 
ishlatiladigan bo‘lsa, ular hisoblangan miqdordagi erituvchida eritilib bemorga beriladigan shisha 
idishga filtrlanadi.
Filtrlash (filtration) 
dorixona amaliyotida qo‘llaniladigan har qanday (katta-kichik) ko‘z
ilgamaydigan zarrachalardan eritmalarni tozalash usuli bo‘lsa, suzish (colatio) esa ko‘zga 
ko‘rinarli zarrachalardan eritmani holi kilish hisoblanadi. Shuning uchun filtrlashda mayda 
govakli tozalagichdan foydalanilsa, suzishda esa yirik govakli tozalagichlar ishlatiladi. Dorixona 
sharoitidagi asosiy tozalagich bu filtr qogoz hisoblanib, u toza kletchatkadan iborat. U oliy navli 
qogozdan olinib, tarkibida ishqoriy muxit beruvchi tuzlar, kislotalar, kraxmal va yog‘ochning 
boshqa qoldiqlari bo‘lmasligi kerak.


Filtrlash va suzish uchun asosan shisha voronkalardan foydalaniladi. Suzishni paxta orqali 
o‘tkazilganda, voronka shakli sharsimon bo‘lgani ma‘kul, chunki paxta chimdimi bunday holda 
yaxshi o‘rnashadi. Paxta chimdimini mayda tolalardan ajratish maqsadida uni yuviladi. Yuvilgan 
eritmani takror o‘tqazib, mayda paxta tolalari o‘tmaguncha takrorlanadi. SHundan so‘nggina dori 
eritmasi butunlay suziladi.
Filtrlashni tezlatish maqsadida (qavatlangan) taxlangan filtr qogozlaridan foydalaniladi. 
Bunday filtrlar uchun 45
0
burchakli bo‘yinchasi bo‘lgan voronkalar mos keladi. Filtr 
yorilmasligi uchun voronkaning tubiga bir bo‘lak paxta qo‘yiladi. Kam hajmli eritmalarni 
(tomchi) filtrlashda esa, to‘gri sillik filtrlar va 60
0
burchakli voronkalar qo‘llaniladi. Filtrlashda 
faqat kogoz filtrlar ishlatilganda, ular ham albatta, yuqorida ko‘rsatilgandek yuvilishi kerak. 
Suzish, filtrlashni dastlab "yordamchi idishda" o‘tqazish lozim, toki o‘tayotgan eritma tozaligiga 
ishonch hosil qilingach, uni bemorga beriladigan shisha idishga filtrlanadi va pirovardida shu 
filtr orqali "yordamchi idishdagi" eritma o‘tqaziladi. Paxta va filtr kogozni suv bilan yuvish 
mumkin emas, chunki bu eritma darajasining pasayishiga olib keladi.
Paxta va filtr qogoz tayyor eritmani shimganida eritmaning ma‘lum bir qismi yo‘qoladi. Bu 
esa olingan paxta bo‘lakchasi va filtr qogoz hajmi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qolishdir. SHuning 
uchun olinayotgan tozalagichlar miqdori eritma hajmiga mos qilib olinishi kerak. Eritma miqdori 
100 ml va undan ortiq bo‘lganda suzishda va filtrlashda "yo‘kotilgan" eritma miqdori 
belgilangan normaga to‘gri keladi.
Kam hajmdagi (10-30 ml) eritmalarni filtrlashda "yo‘kotiladigan" eritma miqdori 
reglament normalaridan oshib ketgani uchun uni filtrlashda alohida usullar qo‘llaniladi. Suzishda 
va ayniqsa filtrlashda dori moddalarning tozalagichlarga so‘rilishi (adsorbsiya) natijasida 
eritmada modda konsentratsiyasi kamayadi. Misol tariqasida pepsin eritmalari, asosan rangli 
moddalar (metilen ko‘ki), etakridin laktat, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa moddalarni keltirish 
mumkin, bu hol bo‘lmasligi uchun shisha filtrlardan foydalangan ma‘kul. Mayda govakli shisha 
filtrlardan (№ 4 va 5) foydalanish uchun albatta xavo bosimini kamaytiradigan asboblar 
qo‘llanilishi kerak. Bu xususda laboratorik sistema va boshqa suv okimida ishlaydigan uskunalar 
ishlatiladi. O‘simlik moylari va shunga o‘xshash, isiganda yumshaydigan eritmalarni filtrlashda 
issiq usul qo‘llanadi.
Bu maqsadda suv bilan isitiladigan ikki qavatli voronkalar yoki elektr bilan ishlaydigan 
voronkalar ishlatiladi.
Shisha idishdagi suyuqlik miqdori idish elkasidan oshmasligi kerak. Shisha idishlarning 
og‘zini mahkamlashda po‘kak yoki plastmassa tikinlardan foydalaniladi. Barxat va yarim barxat 
po‘kaklardan tayyorlangan tikinlar yaxshi navli hisoblanib, ular mayda govakli, oson egiluvchan, 
toza va etarlicha qattiqlikka ega bo‘ladi.
Po‘kak tikinlar ishlatiladigan bo‘lsa, ularning shisha ogzi diametridan bir oz katta o‘lchami 
tanlab olinib, uni tikinsozlagichlarda eziladi va shisha ogzi maxkamlanadi. Bu usulda 
maxkamlashning boisi shishaning zich yopilishini ta‘minlashdir. Tikinning 1/3 qism balandligi 
shishadan chikib turishi kerak. Plastmassadan tayyorlanadigan tikinlar o‘lchami shisha ogzining 
o‘lchamiga mos qilib chiqariladi. SHisha ogzini maxkamlash uchun uni ko‘lda, bo‘ynidan ushlab 
ko‘targan holda mahkamlanadi. Bu usulda maxkamlashdan maqsad, idish sinib ishchining
jarohatlanishidan saqlashdir. Tikin tagiga albatta mumlangan yoki parafinlangan kogoz qo‘yilishi 
kerak. Tikinni shisha og‘zida mustahkamlash uchun ustidan gofrillangan qog‘oz qalpoqcha 
kiydirib ham tagidan mahkamlab, ustidan dorixona rekvizitlari (manzillari) yozilgan qog‘ozcha 
yopishtirilsa, dori "muhrlangan" holda bemor qo‘liga tegadi.
Ayrim hollarda tikinni elimli mum bilan mahkamlanadi. Buning uchun tiqin bilan 
mahkamlangan idish og‘zini qizdirilgan yelimli mum ichiga tiqib olinadi. Mum sovib qotganda
tiqinni shisha og‘zida mahkam ushlab qoladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin