albatta hajm-o‘lchovli idishlar yordamida og‘irlik hajm usulida tayyorlanadi. YOki erituvchi
miqdori oldindan hisoblab olinadi. Bu hisoblashda moddani hajm oshishi koeffitsenti, ya‘ni 1 g
modda eriganda eritma hajmining ko‘payish miqdori hisobga olinadi. Eritma solishtirma
og‘irligini hisobga olib ham hisoblash mumkin. 3% va undan ortiq quruq modda saqlagan eritma
tayyorlashda, moddani o‘lchab olingan suvda eritish to‘gri bo‘lmaydi, chunki modda erishi
natijasida suyuqlik hajmini ko‘payishi ko‘rsatilgan normadan oshib ketadi. Bu holda hajm
o‘lchov asboblari bo‘lmasa, albatta modda hajm oshishi koeffitsenti yoki eritmani solishtirma
og‘irligi hisobga olinishi kerak va o‘zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligining 29
dekabr 2002 yil 582-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Dorixona muassasalarida suyuq dori
turlarini tayyorlash buyicha qo‘llanma» ga asosan suyuq dorilar og‘irlik - hajm usulida
tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: