Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Suvsiz eritmalar sifatini baholash



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Suvsiz eritmalar sifatini baholash
. Suvsiz eritmalar sifatini baholashda avval ularning
xujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi tekshiriladi. 
Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
MAVZU 9. 
Tomchilar dori shakli sifatida, ularning tasnifi, 
texnologiyasi va sifatini baholash.
Ma‘ruza maqsadi: 
tomchi dori turi, tomchilarning texnologiyasi, ichish va sirtga
qo‘llaniladigan tomchilar bilan tanishib chiqish.
Reja:
1.Tomchilar, tarifi, tasnifi.
Quloq, burun tomchilari
Tish tomchilari
Tayanch atama va iboralar: 
Davlat farmakopeyasi, erituvchi, eritmalar, 582 buyruq,
konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish, tomchi dozator.
Tomchilar 
deb, chin va kolloid eritmalardan iborat tomchi holida dozalanadigan suyuq dori 
turiga aytiladi. Tomchili dozalash — bu dori turining yagona farqlanuvchi belgisi hisoblanadi. 
Mustaqil guruh sifatida ajralishiga sabab, tarkibidagi dori moddalar shunday konsentratsiyalarda 
beriladiki, bir martalik doza unda bir necha tomchilardan iborat bo‗ladi. Shu sababli tomchilarni 
retseptda 10 ml.gacha bo‗lgan miqdorda yoziladi. Tomchilar suyuq dori turlari retsepturasida 
muhim o‗rin egallaydi (25 % gacha). Tom chilar ichishga va sirtga mo‗ljallanganbo‘ladi.
Tomchilar 
ex tempore
tayyorlanadi va yana dorixonaning ichki ishlab chiqarish mahsuloti 
ham hisoblanib, ular haqiqatan ham standart bo‗lib ketgan. Oz hajmda beriladigan tomchilar 
ayrim xususiyatlarga ega bo‗lib, bular suzish jarayonida kuzatiladi. Shunisi muhimki, eritma 
konsentratsiyasi va uning miqdori suzilganda kamaymasligi.
Shuning uchun modda eritilayotganda 
3
qism suvni olib qolish kerak. So‗ngra 
tayyorlanayotgan eritma paxta tampon orqali o‗tkazilayotganda, tampon avvaldan ivitib olinadi, 
filtrlash tugagandan so‗ng, qolgan erituvchi bilan yuviladi. Shisha filtrlar ishlab chiqilgandan 
so‗ng, farma- tsevt ishi birmuncha yengillashadi. Asosiy e‘tibor tomchi- larni kerakli hajmgacha 
dozalashdir. Qulay va sodda dozator DJ-10 ishlab chiqilgan bo‗lib, 10 ml suyuq dori turlarini 
qadoqlashga mo‗ljallangan. U tik turuvchi asosdan, prujinali shtokdan, ushlovchi — kronshteyn, 
uchlik nasadka chiquvchi va kiruvchi klapanlardan iborat, «Rekord» turidagi 5—10 ml.li 
dozator. Dozani o‗zgartirish uchun moslamaning oxirida to‗g‗rilovchi vint bo‗lib, uning 
yordamida porshenning harakati boshqariladi. Uchlik - nasadkaning boshqa bir uchiga cho‗zma 
naycha kiygizilib, boshqa naycha uchiga naycha mahkamlab, qadoqlanadigan suyuqlik quyila-
digan idishga uchi solib qo‗yiladi. Dozatorga kerakli miqdor suyuqlik tortib olinib, so‗ngra 
dozator porshenini oxirigacha olib boriladi, uchlik-nasadka klapani yordamida suyuqlik 
dozatordan flakonga quyiladi, so‗ngra dozator tortib olinadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin