Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə409/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati:
-
Dori turlarini tayyorlashda farmatsevtik texnologiyani to‘g‘ri tashkil qilish;
-
Retseptni o‘qish, uni yozilishi va rasmiylashtirilishi to‘g‘riligini nazorat qilish;
-
Dori turlarini tayyorlash uchun kerak bo‘lgan dori va yordamchi moddalar miqdorini 
hisoblash;
-
Dori turini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va apparatlarni ishlatish, dori 
tayorlash texnologiyasini to’g’ri tanlash;
Talabalarning “Farmatsevtik texnologiya” fani bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari laboratoriya 
xonalarida, mavzular bo‘yicha dori vositalarni tayyorlash texnologiyasi o‘tkaziladi.
Laboratoriya mashg‘ulotda amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni batafsil rejalashtiriladi 
va bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1.Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqgan holda 
o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari 
muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun kerakli bo‘lgan dori va 
yordamchi moddalar miqdorini hisoblash, dori texnologiyasini to’g’ri tanlash qoidalari bilan 
talabalar tanishtiriladi.
Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedrada barcha dori va yordamchi moddalar, 
asbob -uskunalar mavjud.
2.Ikkinchi bosqich – amaliy ko‘nikmani namoyish qilib berish va ko‘p marta mashq qilish. 
Bu bosqichni amalga oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarni qadamma qadam algoritmi pedagog 
tomonidan va videofilmlar orqali namoish etiladi, algoritm asosida bosqichma bosqich to‘g‘ri 
bajarishga alohida e’tibor qaratiladi. Talaba amaliy ko‘nikmani mustaqil, biroq pedagog nazorati 
ostida bajaradi. 
Ikkinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan amaliy 
ko‘nikmalar qadamma qadam algoritmi va videofilmi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, bajarish sxemasi 
yoki texnikasi va h.k., baholash mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Asbob –uskunalar, dori, 
yordamchi moddalar va kerakli shart sharoitlar yaratilishi lozim. Bu bosqichda pedagog nazorat 
qiladi va kerak bo‘lganda talabalar ishidagi xatoliklarni to‘g‘rilaydi. Bu jarayonda talaba harakatlari 
videotasvirga olinib o‘ziga namoish etilishi, kritik muhokama qilinishi mumkin. Talaba, uning 


xatosi nimada ekanligini, o‘qituvchiga va boshqa talabalarga tushuntirib beradi. Interfaollik shunda 
namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar ekspert sifatida chiqishda va o‘qitilayotgan talabaning 
amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda ishtirok etadilar. Amaliy ko‘nikma 
avtomatizm darajasigacha yetkazilishi maqsadga muvofiq.
3. Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun kafedra tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalar, vaziyatli masalalar va testlar to‘plami, keyslar, ishlatilishi lozim. Interfaollik 
shunda namoyon bo‘ladiki, bunda boshqa talabalar nafaqat ekspert sifatida chiqishda va 
o‘qitilayotgan talabaning amaliy ko‘nikmani to‘g‘ri o‘zlashtirganligini baholashda balki 
komandada ishlashda ishtirok etadilar. 
4. To‘rtinchi bosqich – xulosa. Bu bosqichda pedagog talaba tomonidan olingan bilim va 
egallagan ko‘nikmani bemorlarda, turli xil vaziyatlarda, faoliyat jarayonida to‘g‘ri va to‘liq qo‘llay 
olishiga ishonch hosil qilishi kerak va shunda amaliy ko‘nikma o‘zlashtirildi deb hisoblanadi.
Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi har bir talabaning amaliy ko‘nikmani o‘zlashtirganligini 
tasdiqlaydi. Talaba amaliy ko‘nikmani o‘zlashtira olmagan vaziyatlarda, mashg‘ulotdan tashqari 
vaqtda mustaqil o‘zlashtirish tavsiya etiladi va pedagogga qayta topshiradi. Talaba barcha amaliy 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin