Uzluksiz (cheksiz) bo‗kish xususiyati bo‗lgan yuqori molekulali birikmalarning eritmalari CHeksiz bukuvchi YUMB larga pepsin, chuchukmiya ekstrakti, belladonna ekstrakti va
boshqalar kiradi. Pepsin proteolitik ferment bo‗lib, chuchka oshkozonining shillik qavatidan
olinadigan preparatdir. Uning 2, 3, 4% li eritmalari xlorid kislotasi bilan birgalikda ishlatiladi.
Pepsin fermenti molekulyar og‗irligi 35,000 bo‗lgan oksil mahsuloti hisoblanadi. Bu juda
oson xo‗llanadigan preparat hisoblanib, uni eritish masalasi biron-bir kiyinchilik yaratmaydi.
Ammo uni ko‗pincha xlorid kislota eritmasi tarkibida yozilishini va oksil xususiyati hisobga
olingan holda yozilgan komponentlarni aralashtirish navbatini to‗g‗ri tanlash zarur. quyidagi
retseptni ko’rib chiqaylik.
Rp.: Pepsini 4,0
Acidi hydrochloridi diluti 3 ml
Aquae purificatae 200 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan ovkat vaqtida.
Pasporti: Pepsin 4,0
Xlorid kislotasi (1:10) 30 ml
Tozalangan suv 170 ml
200-30=170
V
um
=204 ml
Texnologiyasi: pepsin kuchsiz kislotali sharoitda yaxshi eriydi, yordamchi idishga 170 ml
suvga 30ml 0,83%li xlorid kislotasi qo‗shiladi keyin ustiga 4 gr pepsin qo‗shiladi, so‗ngra
bemorga beriladigan idishga paxta tamponi eki 1,2 sonli shisha filtr yordamida o‗tkaziladi.
Jixozlab bemorga beriladi.
Dorixat tayyorlashda avvalo suvga xlorid kislota solish bilan, xlorid kislotani kerakli
miqdorga keltirib suyultirib olinadi. Buning uchun dorixonalarda oldindan (1:10) nisbatda
tayyorlab qo‗yiladigan konsentrat-eritmadan foydalanish ham mumkin. U holda 170 ml suv
olinib, ustiga 30 ml ana shu tayyor konsentrat solinadi, unga 4,0 pepsin qo‗shib eritiladi. Pepsin
solingandagi suyuqlik hajmi o‗zgarishi yo‗l quyilishi mumkin bo‗lgan xatoliklar chegarasida
bo‗lgani uchun hisobga olinmaydi. Dorixona amaliyotida qo‗llaniladigan usul — fermentni,
dorini kasalga berishdan oldin eritish oqilona usul hisoblanib, u pepsinni kislota bilan mulokotda
bo‗lish vaqtini kamaytirib, uning faollik darajasini saqlashni o‗zaytiradi.
Pepsin tarkibli ichiladigan dorilarda opalessensiya va mayda fermentning erimaydigan
qismlaridan iborat osilmalar ko‗rinishi mumkin, lekin bunday bo‗lakchalarning xech bir ziyoni
yo‗qligi sababli suzish ham shart emas.