shunga o‘xshash polyar bo‘lmagan suyuqliklardan hosil bo‘lishi mumkin). SHunga o‘xshash
suyuqliklar emulsiyalarning ikki turini hosil qiladi (1.4.-jadval):
9.-jadval
Faza
Dispersion
Emulsiyalarning turi va nomi
Muxit
yog‘
suv
Moyning suvdagi emulsiyasi (m/s)- emulsiyaning
birinchi turi yoki to‘g‘ri emulsiya
suv
yog‘
- suvning moydagi emulsiyasi (s/m) – emulsiyasining
ikkinchi turi yoki
teskari emulsiyalar
Emulsiya turlari quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
Parafinli plastinka usuli: yupka qilib parafin surtilgan shisha plastinkaga bir tomchi
emulsiya tomizganda tomchi parafinga shimilib ketsa, s/m emulsiyasi ekanligi ma‘lum bo‘ladi,
agarda
shimilib ketmasa, m/s emulsiyasi bo‘ladi.
Suyultirish usuli: moyning suvdagi emulsiyasiga oz miqdorda suv qo‘shib
suyultirilganda aralashsa — m/s emulsiyasi, moy bilan aralashsa — s/m emulsiyasi bo‘ladi.
Bo‘yash usuli: bunda dispersion muxit bo‘yok bilan bo‘yaladi.
Bir tomchi aniqlovchi
emulsiyaning ustiga suvda eriydigan bo‘yok kukunidan, masalan, metilen ko‘ki
kukuni solib
mikroskopda ko‘rilsa agarda moyning suvdagi emulsiyasi bo‘lsa dispersion muhit havo rangga
bo‘yalib, bo‘yalmagan yog‘ tomchilari shar shaklida ko‘rinadi, aksincha suvning moydagi
emulsiyasi bo‘lsa, dispersion muxit bo‘yalmagan bo‘lib, tomchi ustida xavo rang kukun ko‘rinib
turadi.
Dostları ilə paylaş: