Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi:
kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan;
kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan.
Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt
kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari,
terpingidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya
tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga kalkib chikib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish
devorlariga yopishib qoladi. Shunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash
talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga
jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), elimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq
moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar,
tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi.
Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan
moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo‘shiladi.
Rp.: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml
Camphorae 1,0
Coffeini natrii — benzoatis 0,5
M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.
Pasporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml
Koffein benzoat natriy eritmasi (1:10) 5ml
Tozalangan suv 112 ml
Kamfora 1,0
Jelatoza 1,0
V umumiy=120ml
Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy
eritmasi (1:10), 3ml natriy bromid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li
etanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan
eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab quyilgan
eritma bilan chayib solinadi.
Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. 1g
oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiet sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YUMB larni stabilizator
sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmakologik ta‘sirini kamaytirib
yuboradi.
Rp.: Sulfuris praecipitati 4,0
Spiritus aethylici 10 ml
Glycerini 15,0
Aq. purif. ad 180 ml
M.D.S. Sirtga.
Pasport: Oltingugurt 4,0
Glitserin 15,0
Etil spirti (90 %) 10ml
Kaliyli sovun 0,4 g
Tozalangan suv 180 ml
V umumiy=180ml