Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   444
farmatsevtik texnologiya

12 - Ma‘ruza.
MAVZU 12. 
Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.
Ma‘ruza maqsadi: 
suspenziyalar va ularning tarkibi dori modasi va yordamchi
moddalarni fizik- kimyoviy xossalari haqida nazariy bilimlarni o‘rganish. Shuningdek nazariy 
bilimlari asosida talabalar dispersion, kondensatsion usul suspenziyalarni tayyorlash va sifatini 
tahlil qilishni o‘rganish.
Reja:
Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar: 
gidrofil xususiyatli moddalar, gidrofob xususiyatli moddalar
kuchli gidrofob xususiyatli moddalar, kuchsiz gidrofob xususiyatli moddalar, stabilisator.
Gidrofil moddalardan tayyorlanadigan miksturalar
Agar dorixatda ko‘rsatilgan dori moddalar yuzasi suv bilan yaxshi xo‘llansa-yu, lekin 
zarrachalari yirik bo‘lsa, suvda erib yetarli darajada turg‘un mikstura-suspenziyalar olish 
mumkin. Tabiiy mayda gidrofil xossali kukunlardan tayyorlangan suspenziyalarga tatbik 
qilingan omillarni, agregat turg‘unlik holatini hosil qiladigan suspenziyalarga ham tatbiqqilsa 
bo‘ladi.
Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0
Aguae Foeniculi 200,0 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin. 
Hovonchada vismut nitrat asosini 1,5-2 ml ukropli suv bilan eziladi. Suyuq bir xil massa
olingandan keyin dasta bilan aralashtirib turgan holda suv qo‘shiladi, so‘ng hovonchani qolgan 
ukropli suv bilan chayib beriladigan idishga quyiladi.
S. F. Shubin o‘zining kitobida vismut nitrat asosini jelatoza bilan stabillashni tavsiya 
qilgan. Buning zarurati yo‘q. Yuqorida keltirilgan mikstura, yaxshi ezib tayyorlangan suspenziya 
bo‘lib, sekinlik bilan cho‘kmaga tushadi, ammo chayqatilsa, osonlikcha oldingi holiga qaytadi. 
Bu berilgan miksturada, stabillash sabablaridan biri yuza taranglik potensiali bo‘lib, vismut nitrat 
asosi zarrachalarining elektrolitik parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar retsept tarkibiga 
dispersion muxit qovushqoqligini oshiradigan modda qo‘shilsa,bu modda yuza faol modda 
bo‘lmasa ham, gidrofilli moddalar bilan tayyorlangan mikstura-suspenziyalar turg‘unligi ancha 
yuqori bo‘ladi. Masalan: bunday miksturalarga shakar va meva sharbatlaridan qo‘shish tavsiya
20
Ллойд В.Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтичесая технология изготовления лекарственных
препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Москва.-2014. (511 бет)


etiladi. Bunda dori modda oz miqdordagi sharbat bilan ezilib, hosil bo‘lgan massani qolgan 
sharbat bilan, keyin suv bilan eziladi.
Sharbatlar miksturaning qovushqoqligini oshiradi, buning natijasida dori moddalarning 
osilmadagi zarrachalarining cho‘kmaga tushish tezligi kamayadi va to‘gri dozalarga bo‘linadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin