Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash Kondensatsion yo‘l bilan suspenziya tayyorlash 2 xil usulda bo‘ladi:
erituvchining o‘zgarishi hisobiga eruvchanlikni kamayishi natijasida;
kimyoviy reaksiya natijasida.
Erituvchini almashtirish usuli Moddalarning molekulalarini dispers holatidan suspenziya holatiga o‘tishi bir necha
bosqichdan iborat bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p qo‘pol dispers darajali sistemalarni tashqil qiladi. Oxirida
ko‘p dispersli sistema bo‘lib, shunday bir qancha kolloid zarrachalarni birlashtiradi. Moddalarni
yangi dispers muxitga o‘tkazishda gidrofob xossasi bo‘lgan flokulyasiya hodisasini hosil
qilmaslik uchun stabilizator kiritilishi kerak. Qaysi biri zaryad bilan zarrachalarni xabardor qilsa,
shunga o‘xshash dispersion muhitda suyuqlik pardasini va adsorbsion pardani hosil qiladi.
Erituvchini almashtirish usuli bilan mexaniq dispergirlashga qaraganda turg‘unroq suspenziya
hosil bo‘ladi.
Ko‘rinishidan bu xira (kattaligi zarrachani 0,1-1 mkm gacha) Shunga ko‘ra bu guruhdagi
miksturalar xira miksturalar (Mixcturae turbidae) nomi bilan ataladi. Suvli eritmalarga
nastoykalarni, suyuq ekstraktlarni va boshqa galen preparatlarini qo‘shsak, xira miksturalar hosil
bo‘ladi.
Nastoykalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash. Keng tarqalgan yozmalarni ko‘ramiz.
Rp.: Sol. Natrii bromidi 6,0:200 ml
Tincturae Convalariae
Tincturae Valerianae ana8 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.
Agar suzilgan natriy bromid eritmasi ustiga tindirmalarni qo‘shsak, undagi tiniq rangsiz
eritmada xira, ochroq, qo‘ngir suyuqlik hosil bo‘ladi. Nastoykalar tarkibidagi erigan moddalar,
(70°) spirtda tayyorlangan (suyultirish natijasida o‘sha erigan moddalar) mayda gidrofil
zarrachalari cho‘kmaga tushadi. Mikstura tarkibiga elektrolitlar kirsa (dorixatda keltirilishicha,
bunday miksturalarda turishi natijasida galen preparatlaridan o‘tgan engil, parcha-parcha
cho‘kmalar paydo bo‘lib), ekstrafaol moddalarning cho‘kishini ko‘ramiz.
Nastoykalar bilan tayyorlangan miksturalarga qaraganda suyuq ekstraktlarda tayyorlangan
miksturalar xiraroq bo‘ladi. Nastoykalarga ko‘ra, suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlangan
bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda ekstrafaol moddalar saqlaydi. Shuni aytish kerakki, miksturalardagi
tuzli eritmani suzilgandan keyin galen preparatlarini quyish lozim.