Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Suspenziyalarning xossalari va stabillash sharoitlari



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Suspenziyalarning xossalari va stabillash sharoitlari
Mikstura — suspenziyalar yetarli darajada turg‘un bo‘lishi kerak. Bundagi zarrachalarning 
juda sekin-asta cho‘kishi miksturalarni ichish davrida etarli darajada to‘gri dozalarga bo‘lish


imkoniyatini yaratadi. SHunday bo‘lishiga karamay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va 
kuchli ta‘sir ko‘rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi 
va filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo‘yicha ex temporae tayyorlanadi. 
Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va qinetik energiyasi, 
zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog‘liq. SHuning uchun suspenziya turg‘unligi fazani 
harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi (cho‘kadi). 
Umuman fazani cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Turg‘unlik kiymat 
hisoblanib o‘lchov birligi sifatida sedimentatsiya tezligiga teskari bo‘lgani uchun Stoks formulasi 
quyidagicha ifodalanadi:
B=
2rІ*(dr-dc)*g

Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg‘unligi zarrachalar diametrini kvadratiga
dispers faza va dispers muxitni solishtirma og‘irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari, 
dispersion muxitning qovushqoqligiga to‘gri proporsionaldir. Formulani to‘gri talkin qilib, 
amaliyotda qo‘llanilsa ularning ba‘zi bir ko‘rsatkichlari suspenziyalar turg‘unligini oshirishda 
amaliyotda qo‘llanilsa bo‘ladi. Buning uchun shunday kilmok zarurki, d — kiymatini iloji 
boricha kamaytirish va h — kiymatini mumkin kadar ko‘tarish, muxit qovushqoqligini oshirish 
lozim. Ayniqsa d — kiymatini o‘zgartirsa kuchli ta‘sir qiladi. Masalan, dc=1 (suv) va dr=2,7 va 
h=0,015 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo‘lsa, 1 sm ga cho‘kish vaqti 31 sek, zarracha 
radiusi 1 mkm — 52 min. 0,1 mkm radiusida bo‘lsa 86 soatda cho‘kmaga tushadi. Dori moddalar 
zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yakin bo‘lsa, misolda keltirilishiga, ularga o‘xshash 
tezlikda cho‘kmaga cho‘kishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kiyin emas. Bundan xulosa qilib, 
suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib 
olish kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko‘p dispersli sistemadir). Shunday qilganimizda 
mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho‘kmaga cho‘ktirmay, dozalarga bo‘lishda 
xatolikka yo‘l ko‘ymasdan, o‘lchab olish uchun etarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada 
tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo‘llanilib, bunda yuksak darajada dispers 
sistema saqlagan, zarrachalari kat‘iy yumaloq shaklda, butunlay qattiq va tekis bo‘lishi ko‘zda 
tutilgan. Ammo ko‘p miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu 
talabni qanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo‘lishi 
mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini 
ko‘rsatsa ham, undagi bir omil, ya‘ni erimaydigan moddalar suv bilan oson xo‘llanuvchi gidrofil, 
qiyin xo‘llanadigan — gidrofob xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan fazalari chegarasida sodir 
bo‘lgan xodisalarni ko‘rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo‘lgan kukunlar, MgCO
3
, CaCO
3

ZnO suvda loyqalantirish bilan etarli darajada turg‘un suspenziyalar hosil qiladi. Shuning uchun 
ularning ustida taranglik parda hosil bo‘lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga qarshilik 
ko‘rsatadi. Gidrofob xususiyatiga ega bo‘lgan zarrachalar o‘z-o‘zidan stabillangan suvli pardani 
hosil qilolmaydi, chunki osonlikcha o‘z-o‘zidan yuz beradigan (molekulani tortish kuchi 
ta‘sirida) yopishkok massa, oxirgi davrda esa parcha agregatlar hosil qilib, keyin tezda 
cho‘kmaga tushadi. Agar suspenziyalarda koagulyasiya xodisasi natijasida hosil bo‘lgan zarracha 
birikmalari suv bilan yomon xo‘llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday xodisaning 
nomi flokulyasiya deb ataladi. qattiq faza sirtining yomon xo‘llanishi natijasida, xavo 
pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. SHuning uchun suspenziyalarni xavo pufakchalari 
bilan chayqatilsa, flokulyasiya xodisasi kuchayadi. Birok gidrofob liofil zarrachalarni suvga 
munosabatini tubdan o‘zgartirish imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tadbiki suspenziyalarning 
agregat turg‘unligini oshirishi mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion muxitda, 
shuningdek, kutbli organiq suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi 
ma‘lum ishorali dzeta-potensial bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella magizining 
zaryadlanishi (ionlarning eritmadan shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi 
katlamni gidrolizlanishi) kabi suspenziyalarda dzeta-potensialni vujudga kelishini shunday 
izoxlasa bo‘ladi. Bu turdagi suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo‘shilgan 
ma‘lum konsentratsiyadagi elektrolitlar ular turg‘unligini oshiradi. Elektrolitlarning


konsentratsiyasini oshirish natijasida turg‘unligini oshirmasdan koagulyasiya yuzaga keladi. 
Suspenziyalarni eng kuchli ximoya qiladigan — yuqori molekulali birikmalardir. Bu 
birikmalarni eritmalari nafaqat o‘zlari katta turg‘unlikka ega bo‘libgina kolmay, bu xossasini 
gidrofob zarrachalarga ham olib beradi.
Ko‘rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspenziyalarda shundan iboratki, 
suspenziya zarrachalari sirtida gidratli himoya qatlamini hosil qiladi hamda bu zarralarni uzun 
marjonsimon makromolekula bilan o‘rab oladi.
Shunga e‘tibor berish kerakki, suspenziya va kolloid eritmalarning orasida yaqinlik bor. 
Agregat dispergatsiyasi natijasida suspenziyalar zolga o‘tadi. Liofobli zollarni koagulyasiya 
o‘tish bosqichida suspenziyalarni ko‘rish mumkin. Chunki, koagulyasiya tugallanish vaqti 
zarrachalarni katta-kichiklikda yopishqoq massani hosil qilishi suspenziyalarga xoslikni 
ko‘rsatadi.
Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
qattiq dori moddalarni dispersion muhitda yuqori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab) 
loyqalash yo‘li bilan.
Dispergirlash (mexaniqa) usuli.
Kondensatsiya yo‘li bilan.
Dispergirlash shundan iboratki, ko‘pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga 
yetkazish uchun ularni dispersion muhitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa 
qonun-qoida yotadi:
-zarrachalarni yiriklashishi va ko‘z bilan ko‘rinali holatda bo‘ladi. Ba‘zan holatlarda 
cho‘kmaga tushishi mumkin.
– molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikroq agregatlar bo‘lib, katta-kichikligi 
xaqiqiy suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o‘tish davri)
19
.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin