Saralash mashinalarning o‘ziga xos turlari 2 nazariy qism 5-fayllar.org
Mineral o‘g‘itlarni saralash jarayonini tadqiq qilish Hozirgi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda yerga solinadigan mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Bizga ma’lumki o‘simliklarni o‘sishida mineral o‘g‘itlardan fosfor, azot, kaliy singari o‘g‘itlar yaxshi samara beradi. Bu mineral o‘g‘itlarni yerga solishda o‘simliklar turiga qarab gektariga turli miqdorda solish talab etiladi. Bu o‘g‘itlarni har birini alohida-alohida o‘simliklarni o‘g‘itlashda ko‘p vaqt talab qiladi. Bu muammoni bartaraf qilish maqsadida
―Farg‘onaazot OAJda Murakkab mineral o‘g‘itlarni granulalovchi sex ishlamoqda.
Murakkab mineral o‘g‘itni maydalash va saralash ishlaridagi ayrim kamchiliklar o‘g‘itning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu kamchiliklar mineral o‘g‘itni qishloq xo‘jaligida ishlatish va chet davlatlarga eksport qilish talablariga javob bermaydi.Adabiyotlar tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak rivojlangan davlatlardagi murakkab mineral o‘g‘it ishlab chiqarish zavodlarida ham o‘g‘it chiqarish jarayonida bir necha bosqichli texnologik mashinalardan foydalanib kelinmoqda. Joriy etilgan texnologik chiziqlar ham o‘g‘itning sifati va donadorlik tarkibini saqlab qolish imkoniyatiga ega emas.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda texnologik muammoni yechish uchun, o‘g‘itning sifati va donadorligini ta’minlovchi mashinalar ketma ketligini tadqiq qilish maqsadga muofiqdir. Texnologik jarayondagi kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida biz tomonimizdan saralash jarayonini sifatini oshirish uchun texnologik jarayonga o‘zgartirish kiritildi.
8-rasm. Murakkab mineral o‘g‘it ishlab chiqarish texnologik chizig‘i. Taklif etilayotgan texnologiya murakkab mineral o‘g‘itning sifati hamda donadorligini ta’minlovchi g‘alvir mashinasi elaklari o‘lchamlarini maqbul qiymatlarini topishga qaratilgan. Bunga ko‘ra maydalangan o‘g‘itni saralash ishlarida uch bosqichli SMD 40 markali g‘alvirdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy tadqiqot ishlarida elakning gorizontal tekislikka nisbatan og‘ish burchagi α aniqlandi. Uning qiymati α=270ni tashkil etadi.