Savitskiy nomidagi Qoraqalpog\'iston san\'at muzeyi
Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston san'at muzeyi
Tayyorladi: 102-guruh talabasi Komilova S.Sh.
Bugungi kunda I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi O‘zbekistondagina emas, balki butun dunyoda mashhurdir. Ko‘plab taniqli xorijlik san’atshunos mutaxassis va sayyohlar aynan shu muzeyni ko‘rish uchun keladilar. Bu muzeyni ko‘rish orzusidagilar esa undan ham ko‘p. I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi mana necha yildirki O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlaridagi o‘ziga xos asosiy manzilga aylangan. Bugungi kunda bu muzeyni «Saxrodagi Luvr», «Osiyo marvaridi», «Zamonaviy san’at Makkasi» deb atashadi. Bu tom ma’noda muzey tarixi, xorijning boshqa mashhur muzeylari ichida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan betakror to‘plamiga munosib bahodir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarori bilan 1966 yilning fevralida tashkil topgan. Uning birinchi direktori moskvalik rassom Igor Vitalevich Savitskiy bo‘lgan, u Moskvani tashlab, Nukus shahriga ko‘chib kelgan va o‘zining hayoti va ijodi taqdirini butun umrga Qoraqalpog‘iston bilan bog‘lagan edi.