Ekspeditsiyada ishlagan yillarida Savitskiy rassom sifatidagi bevosita vazifasidan tashqari qoraqalpoq qishloqlariga borib, xalq amaliy san’ati namunalarini to‘plagan. Bu artefaktlar o‘rganilib, so‘ng Moskva va Leningrad muzeylariga jo‘natildi. Asta-sekin bu asarlar uni shu qadar o‘ziga tortdiki, u unutilganlar san’ati haqida jiddiy o‘ylay boshladiki, u Amudaryoning olis qirg‘og‘idagi cho‘lning o‘rtasida yashaydigan kichik bir xalq orasiga Nukusga ko‘chib kelishga qaror qildi va bu yerdagi faoliyati davomida ko’plab asori atiqalarni yig’di va ko’plab taqdimotlar amalga oshirdi.

Xalq-amaliy san’ati buyumlarini to’plagan Savitskiy, butun umrga Qoraqalpog’istonga “oshiq” bo’lib qoldi. Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qarori va O‘zbekiston hukumati ma’qullashi bilan 1966 yili Savitskiy tashabbusi bilan san’at muzeyi ochilgan. Muzey asosini I. Savitskiy O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limida ishlayotganda uning guruhi tomonidan to‘plangan kolleksiya tashkil qilgan. Tabiiy, kolleksiya muzeyda sezilarli darajada boyitilgan va hozir 9 mingga yaqin an’anaviy turarjoy o‘tov, ko‘chmanchilar maishiy buyumlari, liboslari, zeb-ziynatlari va boshqa ashyolar bor.
Muzey 1984-yili Savitskiy nomi bilan ataladi. Savitskiyning vafotidan keyin 2002-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezideni I.Karimov tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Muzeyning umumiy maydoni – 6,9 ming kvadrat metr.
Muzeyning umumiy maydoni – 6,9 ming kvadrat metr.
Muzey uchta alohida binodan iborat. Ikkita binoda ko‘rgazma tashkil etilgan. Bitta bino esa muzey zahirasidagi eksponatlar saqlanadigan bino.
Muzeyda xalq amaliy san’ati, qadimiy va o‘rta asrlar Xorazm san’ati, 1920–1930-yillar o‘zbek va rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma’rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming kitob), jamg‘arma hamda ta’mirlash ustaxonasi bor. Muzeyda 100 mingga yaqin eksponat mavjud.