2. O’qish va yozuv darslarining turlari haqida tushuncha
O`qishning ongliligini va ta`sirchanligini ta`minlash uchun matn mazmunini o`quvchilarning ko`rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog`lash lozim. SHunda o`quvchida o`qishga, o`rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o`qishni amalga oshirishda lug`at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51-sahifada uvol, rizq-ro`z so`zlari bor. Ularning ma`nosi ustida to`xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
She`r, tez aytish, topishmoq, qo`shiq, maqol, hikmatli so`zlardan o`qitish, yod oldirish ham o`quvchilarning o`qishga qiziqishini oshiradi, o`qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
O`qish darslarining uchdan ikki qismi o`qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Demak, o`quvchilarni o`qishga o`rgatish, ularning o`qish sur`atini oshirish, ifodali va ongli o`qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o`qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.
Ma’lumki, savod o’rgatish, o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to’g’ri talaffuzini o’rgatish orqali bolalarda to’g’ri, ongli ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHuningdek, o’quvchilar lug’atini boyitish, bog’lanishli natqini o’stirish, bilimini boyitish, mavhum tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o’stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o’rin tutadi.
Tayyorgarlik davri o’qishga o’rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o’zgalar nutqini eshitish, diqqatni to’plash, til birikmalarini (tovush, bo’g’in, so’z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllanadi. Bular o’quvchilarning o’qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.
O’qishga o’rgatish uchun avvalo o’quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo’g’indan tovushni ajratish tamoyiligi rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin:
3. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog’lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so’ng kerakli so’z ajratib olinadi, so’ngra so’z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
4. So’z asos qilib olinadi. Analitik mashqlar yordamida o’rgatiladigan tovush ajratib olinadi: ot, o’qituvchi ot rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning nomini – so’zni aytadi. O’qituvchi o tovushini cho’zib (o-o-o-o t) aytadi va qaysi tovushni cho’zib aytayotganini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar o tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o’tkaziladi. O tovushli so’zlar o’ylab toptiriladi. SHundan so’ng o harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko’rsatiladi. Bunda o harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
5. O’rganilgan harf ichiga bugun o’rganiladigan harf aralashtirib qo’yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so’ng o’qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O’quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. SHu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko’rsatadilar.
Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o’qishga o’rgatish usulida ishlanadi. O’qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini o’quvchilarning ko’rgan kechirganlarini, taassurotlari bilan bog’lash lozim. SHunda o’quvchida o’qishga, o’rganishga qiziqish ortadi.
Ongli o’qishni amalga oshirishda lug’at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 51-sahifada uvol, rizq-ro’z so’zlari bor. Ularning ma’nosi ustida to’xtalish, birinchidan, fikrni oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
SHe’r, tez aytish, topishmoq, qo’shiq, maqol, hikmatli so’zlardan o’qitish, yod oldirish ham o’quvchilarning o’qishga qiziqishini oshiradi, o’qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.
O’qish darslarining uchdan ikki qismi o’qishni mashq qilishga ajratilishi lozim.
Demak, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish, ularning o’qish sur’atini oshirish, ifodali va ongli o’qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o’qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. O’qishga o’rgatishning maqsad va vazifasi nima?
2. O’qishga o’rgatishning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun unga qanday va qachon zamin tayyorlanadi.
3. O’qish turlarini sanang.
4. Harf bilan tanishtirish qanday yo’nalishlarda amalga oshiriladi? Siz qaysi yo’nalishni ma’qul deb hisoblaysiz?
5. O’qishga o’rgatishning qaysi usuli eng qulay usul?
6. O’qishga o’rgatishda qanday jadval va ko’rgazmalardan foydalanish mumkin?
7. O’qishga o’rgatishda yozma va bosma harfli matnlarning ko’rgazmaliklari nimada?
8. To’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishga qanday o’rgatiladi?
9. O’zingiz yaratgan ko’rgazmalarning ahamiyati va undan foydalanish yo’lini dars jarayonida ko’rsating.
10. O’qishning bola hayotidagi ahamiyati ayting.
11. Bo’g’inlab o’qitishning ahamiyati nima?
12. Savod o’rgatish bo’yicha ishchi rejasini o’rganing.
Tayanch atamalar: o’qishga o’rgatishga bo’g’in asos, bo’g’in jadvali, unlini mo’ljallab o’qish, undoshni mo’ljallab o’qish, bo’g’inlab o’qish, o’qishga o’rgatishda qo’shimcha chiziqlar, gapni to’ldirib o’qish, analitik o’qish, sintetik o’qish, avtomatlashgan o’qish.
Dostları ilə paylaş: |