2.2. Interfaol metodlar orqali alifbe bayram tadbirlarini takomillashtirish
Interfaollik-o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. Interfaol metodlar ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o‘qituvchi, talaba va talabalar guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahsmunozalar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “o‘qituvchi – o‘quvchi”ning o‘zaro birbirlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. Interfaol metodni qo‘llashda suhbat quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi: - Interfaol metodlar yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon Interfaol ta'limdagi suhbat ishtirokchilari O‘quvchi (juftlikda ishlash) O‘quvchi guruhi(guruh yoki kichik guruhda ishlash) O‘quvchi jamoasi (sinf, guruh jamoasida ishlash) O‘quvchi – axborot-kommunikatsion texnologiyalar Interfaol TTni qo‘llashda tashkil etiladigan suhbat (dialog) qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi.Interfaol metodni qo‘llash orqali o‘qituvchilarning aniq ta’limiytarbiyaviy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish mumkin. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini ta’limtarbiya sohasi tashkil etadi. Ayni damda ta’lim jarayoni islohoti rejalashtirilgandek amalga oshrilmoqda. Ya’ni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro‘yobga chiqarishning uchinchi sifat bosqichida - «ta'lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash, uzluksiz ta'lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish»” vazifalari belgilab qo‘yilgan edi. Shubhasiz, ushbu vazifadan maqsad mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi, bozor iqtisodiyoti saroitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishishdan iboratdir. Bugungi kunga kelib Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar o‘z natijasini berdi va dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Bu ulkan yutuqlarning samarasi sifatida ta’lim jarayonida keng qo‘llanilib kelinayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligining oshganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Alifbe bayram tadbirlarini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashda va uning samaradorligini oshirishda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari muhim o‘rin tutadi. Chunki, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan, o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarda to‘g‘ri foydalana oladigan o‘qituvchigina tadbirlar jarayonida ko‘zlangan natijaga erishishi numkin. Demak, innovatsiyalar yangiliklar asosida vujudga keladi va ta'lim jarayonini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida innovatsiyalardan o‘rinli foydalanish o‘qituvchi uchun ham o‘quvchi uchun ham ko‘plab qulayliklarni yaratib beradi. Xuddi shunday tarbiyaviy ishlarda ham innovatsion texnologiyalardan foydalanish faqat va faqatgina samaradorlikning oshishiga olib keladi. Ta’lim-tarbiyani texnologiyalashtirish-o‘qitish vositalari asosida ta’limni tashkil qilish,o‘tkazish va baholash usullari majmui hisoblanadi. Bunday innovasion metodlarga kichik guruhlarda ishlashning quyidagi: «Aqliy hujum», «Rolli o‘yinlar», «Munozara», «Yechimlar daraxti», «Sinkveyn», «Klaster», «Kubiklar», «B-B-B», “Zigzag»,Zinama-zina,Charxpalak,3x4,Bingo va boshqa shakllarini misol qilib keltirish mumkin. «Aqliy hujum»ning vazifasi o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil fikrlashga va yangi g'oyalarni yaratishga undashdir. Masalan, bayram tadbirlarini tashkil etganda ham ushbu metoddan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar va har bir guruh nomlanadi. Ko‘rik tanlov shartlari o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan g‘oyalar asosida baholanadi. Bunda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to‘ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi. O‘quvchilar faolligini oshiruvchi metodlardan biri - sinkveyn strategiyasidir. Sinkveyn-fransuz tilida «besh qator» ma'nosini bildiruvchi pedagogik strategiya hisoblanadi. Sinkveyn-ma'lumotlarni umumlashtirishga yordam beradigan qofiyasiz she'r bo‘lib, unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g'risidagi axborot yig'ilgan holda, o‘quvchi tilidan turli variantlarda ifodalanadi. Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan biri bu - klasterdir. «Klaster» so‘zi “g'ujum”, “bog'lam” ma'nosini anglatadi. Bu usul ko‘p variantli fikrlashni o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o‘rtasida aloqa o‘rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlar asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo‘lib, muayyan mavzu bo‘yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar jarayonida davralar metodidan foydalanish ham mumkin. Ushbu metod haqida pedagog olima T. G‘afforovaning “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmasida quyidagicha fikrlar bildirilgan: “Bunda o‘quvchilar davra qurib o‘tirib, taklif etilgan savolni galma-gal izohlab chiqishadi. Har bir o‘quvchi o‘z fikrini bayon qilib, muhokamaga foydali ulush qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi, chunki barcha qatnashchilarning fikrini bilish muhim. Lekin qatnashchilar o‘z ixtiyori bilan navbatini o‘tkazib yuboradigan bo‘lsa, bu – tamomila odatdagicha hol. Ba‘zan qanday bo‘lmasin biror savol yoki topshiriq davra bo‘ylab o‘tkaziladi va uni olgan o‘quvchi o‘z fikrini aytish huquqiga ega bo‘ladi” . Davra metodida hamma teng huquqlidir. Bunda hamma bir-birini ko‘rib turishi, ishtirokchilar so‘zlayotgan kishining gaplarini diqqat bilan tinglashi lozim bo‘ladi. Davrani tashkil etishning muhim shartlaridan biri ishtirokchilar bir-birini ko‘rib tura oladigan joy tanlanishi, shuningdek, so‘zga chiqmaganlar diqqat bilan boshqalarni tinglab borishlari, aytilayotgan gaplarga izoh bermasliklari lozim bo‘ladi. Shuningdek, ushbu qo‘llanmada akvarium metodi quyidagicha izohlanadi: “Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki “baliq”, qolganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10– 15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini yozib borishlari kerak. Avval “baliqlar” g‘oyasi taklif etiladi, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g‘oyalarini taklif etishadi, shu g‘oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g‘oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘rniga kichik guruhga o‘tadi” . “Akvarium” metodining afzalliklari quyidagilardan iborat: - mavzu barcha ishtirokchilar tomonidan muhokama qilinadi; - metodni bajarish jarayonida mavzu qismlarga ajratiladi, o‘quvchilar bilimini tekshirish imkoniyati yuzaga keladi; -mashg‘ulot o‘yin ko‘rinishida tashkil etilishi bois, qiziqarli o‘tadi; -barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi ta’minlanadi. Boshlang‘ch sinflarda bayram tadbirlarini o‘tkazishda “blits– o‘yin ” texnologiyasidan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Blits– o‘yin texnologiyasi o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan narsa va predmet asosida xilma-xil fikrlardan to‘g‘risini tanlab olishga o‘rgatadi. O‘yin davomida o‘quvchilar o‘zlari to‘g‘ri deb bilgan javobni boshqalarga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, chunki o‘yinning muhim shartlaridan biri ham shudir. Ushbu texnologiya ko‘p bosqichlarda amalga oshiriladi. Boshlang‘ch sinf o‘quvchilari uchun texnologiya shartlarini soddalashtirish, o‘quvchilarning yoshiga mos holda o‘yinni tashkil etish mumkin. Zinama- zina texnologiyasi. Texnologiyaning tavsifi. Bu texnologiya o‘quvchilar bilan bir guruh, ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish. Texnologiyaning qo‘llanishi: Darsda va darsdan tashqari bayram tadbirlarini o‘tkazishda hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin. Qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar (flomaster yoki rangli qalam)lar.Mavzu o‘tkazilayotgan bayram tadbiri asosida. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: ⎯ O‘qituvchi tadbir boshlangunga qadar o‘quv materialini bir necha kichik mavzularga bo‘lib oladi (masalan, 2 yoki 3 ta, 4 yoki 5 ta ...); ⎯ O‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul); ⎯ O‘qituvchi o‘quvchilarni tadbirning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiradi. Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi; ⎯ O‘qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog‘ozdagi bo‘sh joyga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; ⎯ Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi. ⎯ Tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; ⎯ O‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va yakunlaydi (taqdimot vaqtida boshqa guruh a’zolari ham taqdimot qilingan mazmunga o‘zlarining fikrlarini bildirishlari mumkin). Berilgan topshiriqlar quyidagi zina tariqasida joylashtiriladi. Yuqorida keltirilgan metodlardan foydalanish boshlang‘ch sinflarda tashkil etiladigan bayram tadbirlarini samaradorligini oshirib, oquvchilarda faollik, ijodkorlik, yaratuvchanlik, mustaqil fikrlash kabi qobiliyatlarini o‘stiradi, ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Quyida interfaol metodlar asosida o‘tkazilgan tadbir ishlanmasi keltirildi. Amaldagi “Alifbe” darsliklari va ularga yozilgan qо‘llanmalarga asosan savod о‘rgatishda tayyorgarlik davri uchun 8 dars, alifbedan sо‘nggi davrga ham 8 dars ajratiladi. Oraliq davr “Alifbe” davri hisoblanadi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning о‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darsning tizimini qurilishida ichki mantiqiylik bо‘lib, har bir tizimda Yangi tovush harf о‘rganiladigan dars bilan Yangi mavzu о‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va sо‘zning bо‘g‘in tuzilishi haqida ma’lumot berish, о‘quvchilar nutqi va tafakkurini о‘stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar tizimi takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi. Oz komplektli maktablarda о‘qituvchi bir vaqtning о‘zida ikki yoki uch sinf bilan ishlaydi. Bunday sinflarda о‘qituvchi bir vaqtning о‘zida bir necha sinf о‘quvchilari bilan ish olib boradi. Bunday sinflarda dars jadvali integrallashtirilgan bо‘lishi kerak va darslar 30 daqiqa qisqartirilishi mumkin. Oz komplektli maktablarda о‘quvchilarning mustaqil ishlariga alohida ahamiyat beriladi. Shuning uchun mustaqil ishlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Chunonchi, harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlar yoki hikoya qilishga tayyorlanish, texnika vositalaridan foydalanish va hokazo. “Alifbe” darsligi sizningcha qanday bо‘lishi kerak?” savoliga olingan javoblar umumlashtiriladi.
“Alifbe” materiali bolalarda ongli, tо‘g‘ri, ravon о‘qish va tо‘g‘ri yozish malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak.
О‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bо‘lishi, shu bilan birga ularning tafakkuri va nutqini о‘stirish.
“Alifbe” tuzilishida tovush harflarning tez va kо‘p ishlatilishi tamoyilidan foydalaniladi.
“Alifbe” turlarini sanang.
“Alifbe” ning hajmi savod о‘rgatishga ajratilgan vaqtga mos bо‘lishi kerak.
“Alifbe” mualliflarini ayting.
“Alifbe” ning harfi terilishi, qog‘ozi, rasmlarining bо‘yoqlari gigienik talablarga javob berishi.
“Alifbe” ning tuzilishi qanday?
“Alifbe” ning tashqi kо‘rinishi chiroyli, bolalar diqqatini о‘ziga tortadigan bо‘lishi kerak.
“Alifbe”, “Yozuv daftari” va savod о‘rgatish metodikasi qо‘llanmalarini qiyoslang. Savod о‘rgatish darslarini tahlil qiling.
Alifbega qо‘yilgan barcha talab va tamoyillarni faqatgina alifbe tuzuvchilari emas, balki u bilan ishlaydigan о‘qituvchi ham bilishi zarur; о‘qituvchi, avvalo, alifbening mazmunini, tuzilishini, yaxshi bilib olib, undagi materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida dars rejasini tuzish, darslar sistemasini belgilash, alifbe materialiga qо‘shimcha material tanlash, ba’zi materiallarni qayta kо‘rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina о‘qituvchi kitobga ijodiy yondoshib, undan metodika talablari va о‘zining pedagogik tajribasidan kelib chiqib foydalangan bо‘ladi. Tovush savod о‘rgatishning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Savod о‘rgatish davrida sо‘z va bо‘g‘inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyasiyasini analiz qilish mashqlari о‘tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan sо‘z tuzish kabi sirtez qilish pryomlarida birlashib ketadi; tovush va harf о‘rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish о‘qish malakalari shakllantirish uchun ham, imlo tomnidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish metodlarini tо‘liq ishlab chiqqan. Shulardan, о‘zbek tilida savod о‘rgatishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
a) Analiz. Analitik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Nutq (gap) dan sо‘zni ajratish; sо‘zni aniq taffuz qilish; bо‘g‘inlarga bо‘lish va bо‘g‘inlarni aniq talaffuz qilish; urg‘uli bо‘g‘inni ajratish va uni boshqa bо‘g‘inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib о‘qish, maxsus tovushni ajratgan holda sо‘zni bо‘g‘inlab о‘qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, yyyо‘l, ki-yyyik, iiish).
2. Shu darsda о‘rganiladigan Yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni birnchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) sо‘zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bо‘g‘indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, O-minnn.
v) sirg‘aluvchi undoshni ochiq bо‘g‘indan ajratish: sssa-na, to-yyyb, zzzi-rak.
s) bо‘g‘in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, о‘-tin, yo-rug‘, o-ta, yu-tuq, u-zuk;
d) о‘rganilgan tovushni sо‘z boshida kelgan sо‘zlardan ajratish (sо‘zni о‘qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa о‘quvchi aytadi): nok, tok, lola, ...;
e) rasm nomini ifodalovchi sо‘zni aytish; о‘qituvchi nokning rasmini kо‘rsatib, noo deydi, о‘quvchilar k tovushini о‘zlari qо‘shadilar: nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan sо‘ng, shu tovush sо‘z boshida, о‘rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan sо‘zlar tanlanib, о‘quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dog‘, Odil (sо‘z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi sо‘zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
3. Sо‘zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bо‘g‘inlarni sanash: olma – ol-ma, o-l-m-a; 4 ta tovush, 4 ta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bо‘g‘in... Bu priyomdan о‘quv yilining ikkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
4. Jarangli va jarangsiz undoshli sо‘zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tog‘-tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod о‘rgatishda analiz-sintez bir-biridan ajratilmaydi. Chunki, analiz о‘qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa kо‘proq о‘qish malakasini shakllantiradi.
b) Sintez: sintetik ishlar. Analitik-sintetik ishlar.
1. Tovush tomonidan analiz qilingan sо‘zni yoki bо‘g‘inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu sо‘z yoki bо‘g‘inni о‘qish.
2. О‘rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, dl, do, so, sa, ..) bо‘g‘in jadvalini tuzish; bо‘g‘in jadvalini kitobdan yoki matndan о‘qish; kesma harflardan bо‘g‘in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan sо‘zlarni о‘qish (bunday sо‘zlarni о‘quvchilarning о‘zlari topib о‘qishlari mumkin).
4. Sо‘zning boshiga yoki oxiriga bir harf qо‘shib, Yangi sо‘z hosil qilib о‘qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; о‘roq-sо‘roq; ol-hol, sol; sava-savat, elka-elkan; son-oson; ayiq-qayiq; о‘lka-yо‘lka; olti-oltin; oldi-oldin.
5. Sо‘z о‘rtasiga harf qо‘shib, Yangi sо‘z hosil qilib о‘qish: kо‘mak-kо‘lmak, ziray-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
6. Bо‘g‘inlarni almashtirib Yangi sо‘z hosil qilish va о‘qish: Gulnor-Norgul.
7. Tovushlarning о‘rnini almashtirib Yangi sо‘zni hosil qilish va о‘qish: somon-osmon, tilak-kalit, qо‘y-yо‘q.
8. Tovushni yoki bо‘g‘inni tushirib qoldirib Yangi sо‘z hosil qilish va о‘qish: anor-nor, gulnor-gul, elkan-elka, bog‘la-bog‘.Bо‘g‘in qо‘shib Yangi sо‘z hosil qilish va о‘qish: bog‘-bog‘cha, gul-gulzor, bog‘bon, dorboz.Sintetik ishlarning bu priyomlari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan birga qо‘shib olib borishni talab qiladi. Bu ish priyomlari qiziqarli bо‘lib, darsda yarim о‘yin holatini vujudga keltirishga imkon beradi.
Xulosa qilganda faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bо‘lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi etakchi rol о‘ynaydi. Sо‘zni analiz qilish bilan о‘quvchi sо‘zni leksik ma’noga ega bо‘lgan bir butun sifatida anglaydi, bu sintezdir; sо‘z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod о‘rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar sistemasi bolaning aktiv fikrlashini ta’minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina о‘quvchilarning bilish mustaqilligini ta’minlaydi, muammoli vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni о‘stiradi.
Dostları ilə paylaş: |