Mil. av. 327-yil yozida Aleksandr soʻgʻdlik Oropiyni Soʻgʻdiyona hokimi etib tayinlab, oʻzi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmogʻi) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qoʻshini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi boʻladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qoʻshinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois Aleksandr Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmogʻi) boʻyidan ortga qaytishga majbur boʻladi. Aleksandr oʻz davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik koʻrish asnosida bezgak kasaliga yoʻliqib vafot etgan. Aleksandr yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar choʻzilgan boʻlib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari boʻlmagan bu saltanat Aleksandr vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy sanʼat tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200-yil) Aleksandr haqida koʻplab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular oʻrta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.
Trever K., Aleksandr Makedonskiy v Sogde, „Vestnik istorii“, 1947, № 5;
Bertels Ye. E., Roman ob Aleksandre i yego glavnie versii na Vostoke, M.- L., 1948.
Naqshi rustam - Sheroz (Eron) dan 50 km, qad. Istahr shahri (Taxti Jamshid) yaqinida joylashgan Husaynkoʻh qoyalaridagi axomaniylar sulolasi podshohlarining maqbaralari hamda kitobalari. N. R. Eron sarkardasi — sosoniylarshm Yazdigard III armiyasi bosh qoʻmondoni Rustam (636 yil arablar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan) nomiga qoʻyilgan. N.R. Doro I, Artakserks I va Doro II larning Koʻhi Rahmat bagʻriga kavlab joylashtirilgan maqbaralaridan iborat. Doro I maqbarasi toʻrtburchak shaklida, zardushtiylik anʼanasi asosida yaratilgan boʻlib, eng qad. yod-gorlikdir (qarang Doro qabri kitobalari). Maqbaradan pastda, chap tomonidagi relyefda sosoniylar podshosi Shopur ning Rim imperatori Valerian ustidan gʻalabasi (milodiy 260 yil) va Valerianning ot minib turgan Shopur I oyogʻiga tiz choʻkib, bosh egib turgani tasvirlangan. Relyef ostidagi yozuvda forslarning Zakavkazyega yurishi ifo-dalangan (milodiy 262 yil). Maqbaralarning qarshisida burj — Zardusht kaʼbasi joylashgan. Uning tomi katta hajmdagi yassi tosh plitalar bilan yopilib, devorlarida deraza oʻrnida ochiq joylar qoldirilgan. Eron, Kavkaz va Oʻrta Osiyo aholisi uylariga oʻxshatib qurilgan burjning devorlariga paxlaviy, parfyan va yunon yozuvlarida Sosoniylar daalati tarkibiga kirgan mamlakatlar, bu ziyoratgohga keltirilgan hadyalar roʻyxati berilgan. N.R. manzaralari va kitobalari axomaniylar va sosoniylar bosib olgan mamlakatlar va xalqlar tarixi, etnografiyasi va madaniyatini oʻrganishda muhim manbadir. Начало формы
Search Articles...Naqshi rustam - Sheroz (Eron) dan 50 km, qad. Istahr shahri (Taxti Jamshid) yaqinida joylashgan Husaynkoʻh qoyalaridagi axomaniylar sulolasi podshohlarining maqbaralari hamda kitobalari. N. R. Eron sarkardasi — sosoniylarshm Yazdigard III armiyasi bosh qoʻmondoni Rustam (636 yil arablar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan) nomiga qoʻyilgan. N.R. Doro I, Artakserks I va Doro II larning Koʻhi Rahmat bagʻriga kavlab joylashtirilgan maqbaralaridan iborat. Doro I maqbarasi toʻrtburchak shaklida, zardushtiylik anʼanasi asosida yaratilgan boʻlib, eng qad. yod-gorlikdir (qarang Doro qabri kitobalari). Maqbaradan pastda, chap tomonidagi relyefda sosoniylar podshosi Shopur ning Rim imperatori Valerian ustidan gʻalabasi (milodiy 260 yil) va Valerianning ot minib turgan Shopur I oyogʻiga tiz choʻkib, bosh egib turgani tasvirlangan. Relyef ostidagi yozuvda forslarning Zakavkazyega yurishi ifo-dalangan (milodiy 262 yil). Maqbaralarning qarshisida burj — Zardusht kaʼbasi joylashgan. Uning tomi katta hajmdagSearch Articles...Naqshi rustam - Sheroz (Eron) dan 50 km, qad. Istahr shahri (Taxti Jamshid) yaqinida joylashgan Husaynkoʻh qoyalaridagi axomaniylar sulolasi podshohlarining maqbaralari hamda kitobalari. N. R. Eron sarkardasi — sosoniylarshm Yazdigard III armiyasi bosh qoʻmondoni Rustam (636 yil arablar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan) nomiga qoʻyilgan. N.R. Doro I, Artakserks I va Doro II larning Koʻhi Rahmat bagʻriga kavlab joylashtirilgan maqbaralaridan iborat. Doro I maqbarasi toʻrtburchak shaklida, zardushtiylik anʼanasi asosida yaratilgan boʻlib, eng qad. yod-gorlikdir (qarang Doro qabri kitobalari). Maqbaradan pastda, chap tomonidagi relyefda sosoniylar podshosi Shopur ning Rim imperatori Valerian ustidan gʻalabasi (milodiy 260 yil) va Valerianning ot minib turgan Shopur I oyogʻiga tiz choʻkib, bosh egib turgani tasvirlangan. Relyef ostidagi yozuvda forslarning Zakavkazyega yurishi ifo-dalangan (milodiy 262 yil). Maqbaralarning qarshisida burj — Zardusht kaʼbasi joylashgan. Uning tomi katta hajmdag
Конец формы