Keys: Buvisi va nabirasi mahalliy pediatrga ko'rikdan o'tishga yozilmasdan kelishdi. Qiz o'zini yaxshi his qilmasdi, harorati bor edi. Ma'lum bo'lishicha, navbatda ko'rikga yozilgan va yozilmagan odamlar bor ekan. Kim birinchi bo'lib kirishi kerakligi haqida nizo kelib chiqdi, janjal boshlandi. Hamshira kabinetdan chiqib, agar ular baqirishaverishsa, shifokor umuman hech kimni qabul qilmasligini aytdi.
Savol: Hamsira qanday yo'l tutishi lozim edi? Sizning misollaringiz.
Keling, avval Agressiyaning ijtimoiy sabablarida to'xtalib o'tamiz
Agressiyaning ijtimoiy sabablari.
Oilada bolalarga nisbatan ko‘pol muomala, so‘kinish, urish ular tomonidan agressiv xulq modelining o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Ota oilada past mavqega ega bo‘lgan madaniyat shakllarida bolalarning jinoyatchilikka moyilligi ortadi. Televidenie bizga zo‘ravonlikning turli-tuman shakllarini o‘rgatadi.
Televidenie orqali zo‘ravonlikni tomosha qilish:
1) agressivlikning kuchayishiga;
2) tomoshabinlarning zo‘ravonlikka nisbatan sezgirlik me’yorining ortishiga;
3) ularning ijtimoiy borliq haqidagi noto‘g‘ri qarashlarining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Aytilganlardan shunday xulosalar qilish mumkin:
Agressiya ikki xil shaklda namoyon bo‘ladi: g‘azabga o‘xshagan emotsiyadan kelib chiqadigan va zarar keltirishga yo‘naltirilgan dushmanlik agressiyasi va qandaydir ijobiy maqsadga erishish usuli hisoblangan instrumental agressiya.
Agressiv reaksiyalar mexanizmini ishga soladigan quyidagi omillar mavjud: aversiv holatlar, xayajon, ommaviy madaniyat va guruhiy kontekst. Aversiv holatlar: og‘riq, chidab bo‘lmas jazirama issiq, xujumkor xulq, tiqilinch.
Leonard Berkovich Viskonsin universiteti talabalarida shunday tajriba o‘tkazgan. Talabalar qo‘llarini yoki iliq suvga yoki o‘ta sovuq suvga solib turishlari kerak bo‘lgan. Keyinchalik qo‘llarini sovuq suvga solib turgan talabalar asta-sekin o‘zlarida g‘azabiylik orta borganligini, yoqimsiz tovush chiqarayotgan boshqa tekshiriluvchini so‘kib yuborishga ham tayyor bo‘lganliklarini eslashgan. Xulosa shunday bo‘lganki, aversiv holatlar frustratsiyaga nisbatan agressiyani ishga soluvchi samaraliroq mexanizm hisoblanar ekan. Har qanday aversiv xodisa, u amalga oshmagan umid bo‘ladimi, shaxsiy xaqorat yoki jismoniy og‘riq bo‘ladimi, emotsional portlashga sabab bo‘lishi mumkin. Xattoki azobli depressiv holat ham dushmanlik agressiv xulqining paydo bo‘lish ehtimolini orttiradi.
Madaniyatning iqlim nazariyasiga ko‘ra o‘ta qulay iqlim sharoitlari yuqori madaniyat darajasiga, qattiq, noqulay iqlim sharoitlari o‘ziga xos madaniyat va mos ravishda o‘ziga xos milliy psixologik xususiyatlarga sabab bo‘ladi. O‘z vaqtida Gippokrat Gretsiyadagi yuqori madaniyatni hozirgi Germaniya va SHvetsiyadagi yovvoyilik axloqi bilan taqqoslab, buning sababi evropaning keskin iqlimida deb bilgan edi. YOqimsiz hid, tamaki tutuni, havoning ifloslanishi - agressiv xulqqa sabab bo‘lishi mumkin. Laboratoriyada normal va issiq, dim xonalarda so‘rovnoma to‘ldirgan tekshiriluvchilar, issiq, dim xona ularda toliqish, agressiv holatlar paydo qilganligini, har qanday begona odamning paydo bo‘lishi ularning g‘ashiga tekkanligini aytishgan. Tekshirishlar shuningdek, jazirama issiq qasoskorlikning namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin, degan xulosani beradi.
Temperatura va agressivlik o‘rtasidagi bevosita aloqani tasdiqlash qiyin bo‘lsa ham, yuqori temperatura xayajonga sabab bo‘lishi aniq, odamlar jaziramada g‘azabiyroq bo‘ladilar. Jazirama issiq agressiv fikr va xissiyotga sabab bo‘ladi.
Tiqilinch - bitta odamga to‘g‘ri keladigan fazoning etarli emasligini sub’ektiv xis qilish demakdir. Tiqilinch stressogen omil hisoblanadi. Avtobusdagi ur-yiqit, avtomobil yo‘lidagi probkada imillab yurish, talabalar yotoqxonasidagi o‘rinlar tiqilinchligi vaziyatning nazorat qilib bo‘lmasligi xissining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Aholi ko‘p yashaydigan shaharlarda jinoyat ko‘proq sodir bo‘ladi va odamlar bunday shaharlarda ko‘proq distress - kuchli psixik zo‘riqishni xis qiladilar.
Xayajon. Biz aversiv stimulyatsiyalar odamlarning achchig‘ining chiqishiga sabab bo‘lishiga ishonch xosil qildik. Xayajonning boshqa ko‘rinishlarida, masalan, jismoniy yoki jinsiy zo‘riqish vaziyatlarida ham shu holat sodir bo‘ladimi?
Stenli SHaxter va Djer Singerlar shunday tajriba o‘tkazishgan. Ikki guruh talabalar qoniga adrenalin ukol qilingan. Birinchi guruhga ukol ta’sirida qon aylanishi va yurak urishi hamda nafas olish tezlashishi ma’lum qilingan. Informatsiyaga ega bo‘lgan talabalar agressiv qo‘zg‘ovchi stimullarga befarq qolishib, o‘zlaridagi agressiv holatni dori ta’siriga yoyishgan. Dorining ta’sir kuchidan bexabar ikkinchi guruh agressiya uyg‘otuvchi omillarga kuchli reaksiya namoyon qilishgan. Xulosa shundayki, ayni paytdagi fiziologik qo‘zg‘alish u yoki bu emotsiyani, odam o‘zidagi qo‘zg‘alishni qanday joylashiga qarab turlicha oziqlantiradi. Tashqi holat insonning ichki tuzilishiga bog‘liq, ya’ni tashqi ta’sirning ijobiy yoki salbiyligi biz uni qanday aks ettirishimizga bog‘liq.
Televidenie orqali xulqning agressiv modelini kuzatish agressiyani qo‘zg‘ash va uni namoyon qilishning yangi usullariga o‘rgatishi mumkin. Ingliz olimi Uilyam Belson 1565 ta Londonlik o‘g‘il bolalarni tekshirib, ulardan zo‘ravonlik sahnalari bor real ko‘rsatuvlarni tomosha qilganlari keyingi olti oyda ko‘proq qoida buzishlarni sodir qilganliklarini aniqlagan. Belson shuningdek, uchinchi omil, masalan oiladagi bolalar soni ta’sirini ham o‘rgangan. Zo‘ravonlik sahnalari mavjud ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga ishqibozlik mazmunida "mukkasidan ketgan" va "taltaygan" bolalarni oiladagi bolalar sonini hisobga olgan xolda o‘rganish ham, ko‘rsatuvni ko‘p tomosha qilganlar bilan oz tomosha qilganlar o‘rtasidagi farq saqlanib qolishini ko‘rsatdi. Bundan Belson "mukkasidan ketganlar" xulqidagi og‘ishlar teleko‘rsatuvlar tufayli vujudga keladi degan xulosani chiqargan.
Teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish ustida tadqiqotlar Albert Bandura va Richard Ulterslarning tadqiqotlarida kattalarning shishiriladigan o‘yinchoqlarni do‘pposlayotganliklari video tasmaga olinib, bolalarga ko‘rsatilganda ham ilgarigi natijani bergan, ya’ni bolalar shu harakatlarni takrorlashgan. 1993 yili Amerika psixologlar assotsiatsiyasining yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik bo‘yicha komissiyasi "Biz zo‘ravonlik sahnalarini kuzatish zo‘ravonlikning umumiy darajasini ko‘taryapti degan xulosaga kelmasdan ilojimiz yo‘q" - degan fikrni bildirgan. Kinoda ijobiy kahramon adolatli, xaqqoniy, lekin tomoshabin hissiyotini jarohatlamaydigan zo‘ravonlik aktini sodir qilib, o‘zi jazosiz qolganda uning ta’sir samarasi nihoyatda kuchli bo‘ladi.
Tadqiqotchilar korrelyasion va eksperimental isbotlarning mos kelishini hisobga olib, nima uchun zo‘ravonlikni kuzatish shunday natijaga olib kelishining uchta imkoniyatini hisoblab chiqqanlar.
Birinchi ehtimolllik shundaki ijtimoiy zo‘ravonlik zo‘ravonlikni kuzatish yo‘li tufayli emas, balki zo‘ravonlikni kuzatishdan paydo bo‘ladigan qo‘zg‘alish tufayli yuzaga chiqadi.
Ikkinchi ehtimolllik shundan iboratki, zo‘ravonlikni kuzatish agressivlikning tormozlanishini bartaraf qiladi.
Uchinchidan, zo‘ravonlikni ommaviy madaniyatda aks ettirish taqlid qilishga sabab bo‘ladi.
Televidenie tomshabinlarni ko‘rgan narsasini takrorlashga undaydi. Ko‘pollik nazokatga, muloyimlikka qaraganda 4 baravar ko‘proq namoyish qilinadi. Umuman olganda televidenie ko‘proq noreal dunyoni aks ettiradi. Agar televidenie tomonidan modellashtiriladigan munosabatlar uslubi va muammolarni xal qilish usullari haqiqatan ham asosan yosh tomoshabinlarda taqlidchanlikni harakatga keltirsa, unda prosotsial xulqni shakllantirish ijtimoiy ma’qo‘llashga sazovor. Televidenie o‘z ta’sirining nozikligi bilan bolalarga haqiqatan ham ijobiy xulq darsini bera oladi. Prosotsial xulq - ijobiy, amaliy, ijtimoiy foydali xulq.
Ijtimoiy loqaydlik tufayli guruhda agressiv tendensiyalar shuning uchun ham kuchayadiki, guruh tendensiyalarni qutblashtirish xususiyatiga ega. Har bir qatnashchining o‘zini guruh bilan o‘xshatishi tufayli konformlilik (kelishuvchanlik) va deindividuatsiya (o‘ziga xoslikning yo‘qolishi) ortib boradi. Individual o‘z-o‘zini o‘xshatish minimallashadi, chunki guruhning har bir aloxida a’zosi o‘zini butunlay guruh ixtiyoriga berib, guruhning boshqa ahzolari bilan birlikda qoniqish xissini tuyishadi. Misol tariqasida o‘smirlar bandasini, maktablarda kuchsiz, himoyasiz o‘quvchilarni doimiy do‘pposlash xodisalarini olish mumkin. YOlg‘iz holda hatto eng janjalkash o‘smir ham o‘z qurboniga yomon so‘z ayta yoki hujum qila olmaydi. Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar uchun odatda o‘qishga nisbatan zid munosabat xos bo‘lib, oxir oqibatda bu uni sinfiga, maktabga, tahlim muassasasi jamoasiga qarama-qarshi qilib qo‘yadi. Aksariyat hollarda xuquqbuzar o‘smirlar ichki salbiy munosabatlar natijasida maktabda o‘z o‘rnini topa olmagan o‘quvchilar bo‘lib chiqadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan o‘smirlik ilk ijtimoiylashuv davrini bildiradi. Biroq o‘smirlik bolalik davriga nisbatan ziddiyatligi bilan farqlanib turadi. Ushbu davrdagi noqobillik va ularning o‘smir idrokiga o‘rnashib qolishini ana shu ziddiyatlardan izlash kerak.
Laboratoriya va tabiiy sharoitlarda agressiyaning kuchayishi quyidagi omillarga bog‘liq:
- agressorning erkak jinsiga mansubligi;
- individ tabiiy agressivligining balandligi;
- alkogol ta’siri;
- zo‘ravonlik sahnasini kuzatish;
- agressorning anonimligi;
- qurbonning g‘alamislik xulqi;
- qo‘l ostida ko‘rolning mavjudligi;
-guruhning ta’siri.
Ayrim tadqiqotlarda agressiv harakatlar agressivlikning kuchayishiga sabab bo‘lgan. Agressivlikni namoyon qilish dushmanlikning kuchayishiga olib keladi. SHafqatsizlik akti har doim shafqatsizlikka ustanovka beradi. Agressiv harakatning kuchsiz namoyon bo‘lishi shunga olib keladiki, odam o‘z xatti-harakatida biron-bir jazoga loyiq narsani ko‘rishdan voz kechadi. Odamlar o‘zlarining bo‘lg‘usi agressiyalari irratsional, beaqllik bo‘lib ko‘rinmasligi uchun qurbonlarining fazilatlarini kamsitishga harakat qilishadi.
Agar g‘azabni birinchi martadayoq tiyilsa, keskinlik chiqishi ham pasayadi, bo‘lmasa aksincha, tormozlanish pasayadi. Umuman olganda biz o‘z agressiyamizni tiyishimiz kerakmi? Indamasdan qovoq-tumshuqni osiltirish, atrofdagilarga o‘z g‘azabimizni sochganimizdan ko‘ra samaraliroq bo‘lmasa kerak, chunki biz bari-bir xayolan o‘zimizni xafa qilgan odam bilan tortishamiz. Baxtimizga o‘z hissiyotlarimizni namoyon qilish va boshqalarga ularning xulqi bizga qanday ta’sir qilganligini bildirishning noagressiv usullari ham mavjud. Agressiyasiz ham shiddatli bo‘lish mumkin. "Kimki o‘zining butun tarovati bilan g‘azabdan quturib ketayotganligini ko‘rsatsa, o‘z qaxrini chuqurlashtirgan bo‘ladi" CHarlz Darvin. 1872 yil. Odamlar va hayvonlarda emotsiyalarning namoyon bo‘lishi.
Agar agressiv xulq o‘rganish jarayonida orttirilsa, uni nazorat qilishga umid bor. Agressiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan omillarni ko‘rib chiqib, unga qanday qilib qarshi turish mumkinligini o‘ylab ko‘ramiz. Dushmanlik agressiyasiga aversiv tajribaning turli tiplari; frustratsiya va shaxsiy haqoratlash undaydi. SHunday ekan eng aqlli yo‘l odamlarning amalga oshmaydigan orzular va bexuda umidlar bilan boshlarini og‘ritmasliklari. Instrumental agressiya oldindan taqdirlanish lazzati va ehtimol tug‘ilgan sarf-harajatlar tufayli kelib chiqadi.
Demak, biz bolalarda hamkorlik va noagressiv xulqni rag‘batlantirishimiz kerak. Tajribalarda bolalarning agressiv xulqi pisand qilinmasdan, noagressiv xulqi mustahkamlanganda ular kamroq agressiv bo‘la borganlar. Agressorni jazolash har doim vaqtni bexuda ketkazish demakdir: jazolash agressiyani faqat ideal sharoitlardagina to‘xtatib qolishi mumkin, ya’ni agar o‘sha zahoti va qattiq jazolansa, agar jazolash ijobiy xulqni rag‘batlantirish bilan birga qo‘shilsa va bunda jazo olayotganning jaxli chiqmasa. Bu sharoitlarga amal qilmaganda agressiya tashqariga otilib chiqadi.
SHunday qilib biz agressiya paydo bo‘lmasdan oldin uning oldini olishimiz kerak. Agar "hayot uchun emas, o‘lim uchun agressiya" sovuq va instrumental bo‘lganda, biz jinoyatchiga o‘zining agressiv niyatlarini amalga oshirishga imkon berib, keyin uni boshqalarga namuna uchun jazolab, shunday jinoyat qilish istagini boshqalarda yo‘qotgan bo‘lardik. Agar shunday bo‘lganda o‘lim jazosi jinoyatlar sonini kamaytirgan bo‘lardi. Lekin afsuski bunday bo‘lmayapti. Jismoniy jazolash qo‘shimcha salbiy samara berishi mumkin.
Jazolash bu aversiv stimulyatsiyaning yana bir ko‘rinishidir; jazo aynan jazo yordamida oldi olinmoqchi bo‘lgan xulqni shakllantiradi. YAna buning ustiga jazolash bu majburlashdir (har qanday majburiy faoliyat tashqi tomondan majburiyligi qanchalik kuchli oqlanmasin baribir kamdan-kam ichki hamdardlik uyg‘otishini eslash kifoya). Xuddi shuning uchun ota-onalarning xaqoratlari bilan o‘sgan bebosh o‘smirlar, oiladagi intizom shafqatsiz jismoniy jazo ko‘rinishini olganda uydan qochib ketadilar.
Ijtimoiy o‘rganish pozitsiyasidan turib yondashuv agressiyani uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi turish yo‘li bilan nazorat qilishni taklif qiladi - boshqacha aytganda aversiv stimulyatsiyani susaytirish, noagressiv xulqni shakllantirish va agressiyaga zid reaksiyalarni aniqlash va mustahkamlash yo‘li bilan agressiv xulq namoyon bo‘lish ehtimolini kamaytirish mumkin.
Agressiya va frustratsiya.
Frustratsiya - maqsadga yo‘naltirilgan xulqning tutilib qolishi. Frustratsiya maqsadga erishishimizga to‘sqinlik qiladigan hamma narsa. Bizning maqsadga intilishimiz kuchli motivatsiyaga ega bo‘lganda, biz lazzat kutib, unga ega bo‘lmaganimizda (masalan, chanqab suv ololmaganimizda) frustratsiya kuchayadi. Frustratsiya agressiv xulq uchun motivatsiya yaratadi. Bevosita frustratsiya manbaiga yo‘altirilgan agressiya uchun jazo qo‘rquvi agressiv qo‘zg‘alishning biron-bir boshqa nishonga, ba’zan frustratsiyalashganning o‘ziga yo‘naltirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
SHarq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” SHu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOEVNING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI)
Zamonaviy etika tamoyillari tadqiqot maqsadlarida og‘riq stimulidan foydalanishni qat’iy ravishda cheklaydi. Jismoniy og‘riqdan tashqari «psixologik og‘riq»ni ham kuzatish mumkin. «Psixologik og‘riq» - biz frustratsiya deb ataydigan holatning o‘zidir. Og‘riq odamlarda ham agressiyani kuchaytiradi. Har birimiz boshimiz qattiq og‘riganda yoki oyog‘imizning katta barmog‘ini urib olganimizda shunga o‘xshash reaksiyani eslashimiz mumkin.
Ko‘chirish - agressiyani frustratsiya manbaidan boshqa ob’ektga ko‘chirish. Odatda yangi nishon zararsizroq yoki ijtimoiy ma’qulroq bo‘ladi. Frustratsiya har doim ham agressiyaga sabab bo‘lavermaydi. Ba’zan agressiya bilan bog‘liq stimullar, masalan: qurol, predmet mavjudligida agressiyaning nomoyon bo‘lishi kuchayadi.
Turmush farovonligining o‘sishi qoniqish hissining ortishiga sabab bo‘lmas ekan, reallik hech qachon o‘sib boruvchi umidlar ortidan quvib etolmaydi. Hattoki, yashash sharoiti yaxshilashsa ham "o‘sib borayotgan umidlar inqilobi" tufayli frustratsiya ortishi mumkin.
ushbu vaziyatdan kelib chiqadiki, ijtimoiy hayotda agressiv xatti-harakatlar odatiy holga aylanfan. Bu keysimizda Og'zaki-faol-to'g'ridan-to'g'ri, jismoniy-passiv-bilvosita, aversiv omillar: og'riq, siqilish, issiqlik, hujumkor xatti-harakatlar.
SHU MAVZUGA OID BIR NECHTA KEYSLARNI TAQDIM ETAMAN:
Dostları ilə paylaş: |