Kompozision vositalardan qaysilarini bilasiz? Ularning asar g’oyasi bilan bog’liqligini isbotlang.
Kompozitsion vositalar -oʻzaro uncha taʼsirlashmaydigan, kimyoviy jihatdan har xil boʻlmagan komponent (aralashma) larning hajmiy birikishidan hosil boʻladigan va komponentlar bir-biridan aniq chegara bilan ajralib turadigan materiallar. Har qaysi komponentning eng yaxshi xossalari (mustahkamligi, yeyilishga chidamliligi va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtirganligi uchun Kompozitsion materiallar ularning hech biriga xos boʻlmagan koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Odatda, Kompozitsion materiallar plastik (metall yoki nemetall — anorganik yoki organik) asos yoki matritsa hamda qoʻshilmalar: metall kukunlari, tolalar, ipsimon kristallar, yupka payraha, gazlama va boshqalardan iborat boʻladi. Kompozitsion materiallar turlari: tolali (tolalar yoki ipsimon kristallar bilan mustahkamlangan); dispersion-zichlangan (dispers zarralar bilan mustahkamlangan) va qatlamli (turli xil materiallarni presslab yoki prokatlab olingan).
Kompozitsion materiallar tayyorlashning muhim texnologik usullari: armaturalovchi (mustahkamlovchi) tolalarga matritsa materiali shimdirish; mustahkamlagich va matritsa lentalariga press-qolipda shakl berish; komponentlarni sovuqlayin presslab, keyin qovushtirish; mustahkamlagichga matritsani purkab, keyin qisish; komponentlarning koʻp qatlamli lentalarini diffuziya usulida payvandlash; armaturalovchi elementlarni matritsa bilan birga prokatkalash va h.k.
Kompozitsion materiallar aviatsiya, kosmonavtika, raketasozlik, avtomobil sanoati, mashinasozlik, kon-ruda sanoati, qurilish, kimyo sanoati, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, uy-roʻzgʻor texnikasi, radiotexnika, energetika, quvur ishlab chiqarishda va boshqa tarmoqlarda qoʻllaniladi.
Syujet va kompozitsiyaning dialektik aloqasini tushuntiring.
Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi.
Tasviriy sanʼatda—rassom (haykaltarosh va boshqa) gʻoyasini aniq ifoda etish vositasi boʻlib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon boʻladi. Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni oʻzlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning oʻzaro uygʻunligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil boʻladigan fikr, his-tuygʻular oʻz aksini topadi. Kompozitsiyaning "turgʻun" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari mavjud. Kompozitsiya tuzish maʼlum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uygʻonish davrida "turgʻun" va "yopiq" kompozitsiya, barokko sanʼatida "dinamik" va "ochiq" K. ustuvorlik qilgan. Sanʼat tarixida qonunlarga boʻysunib yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol oʻynagan. Uygʻonish davrida kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi.
Tasviriy sanʼatning har bir turi oʻziga xos kompozitsion uslublarga ega. Masalan, kitob bezagi (rasm) mahobatli devoriy rassomlik kompozitsiyasidan farq qiladi. Shuningdek, kompozitsiyani idrok qilish ham turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, haykaltaroshlik asarlaridan relyefni faqat old tomondan koʻrish mumkin. Aksincha, mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim. Haykaltarosh asar yaratayotganda kompozitsiya qonunlarini eʼtiborga olishi kerak. Tasviriy sanʼatda koʻp shakl (figura)li kartina va haykallar ham kompozitsiya deb ataladi.
Meʼmorlikda — kompozitsiya (mujassamot) bino (inshoot va ularning majmualari)ning tuzilishi, vazifasi va gʻoyaviy badiiy jihatlari birligi va shaharsozlikdagi oʻrnini taʼminlashdan iborat; kompozitsiya butun bir shahar yoki meʼmoriy ansambl, alohida bino yoki inshootning tashqi qiyofasi bilan ichki xonalari, tuzilishi bilan bezaklari, rangi, loyihasi va qurilishini aniqlaydi, atrof muhit bilan uygʻunlashishi meʼmoriy kompozitsiyaga kiradi. Bu esa meʼmordan katta mahorat talab etadi.
Adabiyotda kompozitsiya — asarni badiiy shakllantirishga xizmat qiladigan turli qismlarning holati, oʻzaro bogʻliqligi, voqea, harakter-obrazlar, lirik chekinishlar, tafsilotlar bayoni va shu kabi maʼlum maqsadga boʻysundiriladi. Asar kompozitsiyasining yaxlitligi uning asosiy shartidir. Ortiqcha personaj, epizod va detallar asar qimmatini pasaytiradi. Shuning uchun ham badiiy asarda hech qanday yetishmovchilik ham, ortiqchalik ham boʻlmasligi kerak. kompozitsiyaning oʻziga xosligi syujet unsurlarining qanday tartib bilan joylashtirilishiga, syujetdan tashqari unsurlar (lirik, falsafiy-publitsistik chekinishlar, qoʻshimcha epizodlar) ning bor-yoʻqligiga, peyzaj, portret, psixologik tasvir, muallif tavsifi kabi vositalarning meʼyori va tartibiga bogʻliq. kompozitsiya yaratish usuli va uslublari turli-tuman. Qadimdan kompozitsiyani asar gʻoyasi bilan uzviy bogʻliq holda tushunib kelingan. kompozitsiya asarning shunchaki tuzilishi emas, balki shu tuzilishning maqsadi, uning nima asosida tuzilganligidir. kompozitsiya asar gʻoyasiga bogʻliq. Tanlangan obraz yoki voqea asarga kiritish uchun muvofiqmi yoki yoʻqmi — buni faqat yozuvchi aytmoqchi boʻlgan gapga nisbatan aniqlash mumkin. Bu ham kompozitsiyaning muhim bir tomoni. kompozitsiya shu jihati bilan asarda mazmunning qay darajada mazmundorligini koʻrsatuvchi muhim omillardan.
Musiqada — 1) musiqa asarining tuzilishi (qarang: Musiqa shakli); 2) kompozitor ijodining mahsuli, tugal musiqa asari; 3) koʻp ovozli musiqa asarlarini yaratish jarayoni, badiiy ijod turi; 4) konservatoriya va boshqa musiqa oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan tarixiy-nazariy va amaliy fan. Musiqiy mavzularni yaratish tamoyillari, ularni rivojlantirishda koʻp ovozli musiqa vositalaridan unumli foydalanish yoʻllari, muayyan musiqa janri, tur va uslublarning xususiyatlari, asarlar tuzilishi va tugal shaklga keltirilishi qonun-qoidalari kabi maʼlumotlardan iborat.
Sujet (fransuzcha: sujet, kelib chiqishi lotincha: subiectum[1] — predmet, buyum, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda sujet mavjud boʻladi. Har bir adabiy turda sujet oʻziga xos harakterga ega. Koʻpgina lirik asarlarda koʻzga yaqqol tashlanib turadigan sujet tizimi yoʻq. Ulardagi his-tuygʻu, oʻy-kechinmalar rivoji qaysidir maʼnoda lirik asar Syujetini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar Syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki, lirik asarda voqealar tizimi boʻlmasligi ham mumkin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.
Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra S asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal sujet da voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi (mas, D. D. Defont „Robinzon Kruzo“, Servantesning „Don Kixot“, Oybekning „Navoiy“, P. Qodirovning „Yulduzli tunlar“ asarlari). Konsentrik sujetda esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushkinning „Yevgeniy Onegin“, O. Yoqubovning „Muqaddas“, „Ulugʻbek xazinasi“ asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi sujetlarning har ikki turi uygʻunligidan tarkib topgan shakli koʻproq uchraydi (mas, Abdulla Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, Choʻlponning „Kecha va kunduz“ asarlari).
Badiiy asar Si tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogʻliq. Chunki sujet asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va eng muximi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar oʻz dardidunyosi bilan namoyon boʻladi. F. M. Dostoyevskiyning „Jinoyat va jazo“ romanida Raskolnikov, A. Qahhorning „Sarob“ romanida Saidiy, Togʻay Murodning „Otamdan qolgan dalalar“ romanida Dehqonqul obrazlari atrofida voqealar sanʼatkorona tarzda uyushtirilgan.
Badiiy asar sujeti ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim singari bir qator unsurlardan tarkib topadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ romanidagi Xudoyorxon bilan Anvarning toʻqnashuv epizodi asarning kulminatsion nuqtasi sanaladi. Soʻngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda sujet unsurlari baʼzan turlicha hajm va turlicha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozitsiya yoki yechim singari sujet unsurlari boʻlmasligi ham mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, oʻquvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Baʼzi adabiyotshunoslar prolog (muqaddima) va epilog (xotima)larni ham sujet elementi sifatida koʻrsatadilar (A Qodiriy romanlarida bu unsurlar mavjud). Sujet kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tushunchalar bilan ham mustahkam bogʻlangan.