Mavzudan 1-savol: Abdulla Qodiriy qaysi maqolasi uchun birinchi marta qamoqqa olinadi?
Javob: ,,Yig`indi gaplar”!
Mavzudan 2-savol: Abdulla Qodiriy qaysi arab romannavisini o`ziga ustoz deb bilgan?
Javob: Jo`rji Zaydon!
Mavzudan 3-savol: ,,O`tkan kunlar” da kimga ,,cho`ltoq supurgi” deb ta`rif berilgan?
Javob: Musulmonqul!
Rushana Rajabova uchun savollar!
1-bosqich! 1.1 L. Torres qaysi qit`ani kashf etgan?
Javob: Avstraliya!
1.2 Muxammas necha qatordan iborat she`r?
Javob: 5!
1.3 Astrolyabiyani yurtimiz olimlari qanday atashgan?
Javob: Usturlob!
1.4 Qaysi brendning eski logotipida Isaak Nyuton tasvirlangan?
Javob: Apple!
1.5 Vezuviy vulqonining dahshatli otilishi natijasida Pompey bilan birga yana qaysi shaharlar vayron bo`lgan?
Javob: Gerkalanum va Stabiya!
2-bosqich! 2.1 ,,Spice Boy” laqabli futbolchi kim?
Javob: Devid Bekxem!
2.2 SI tizimida elektr tokining kuchi qaysi birlikda o`lchanadi?
Javob: Amper!
2.3 Qaysi so`z lotinchadan joy va harakat deb tarjima qilinadi?
Javob: Lokomotiv!
2.4 Kattaligi jihatidan 3-o`rinda tutuvchi okean qaysi?
Javob: Hind!
2.5 ,,Suyunchi” filmida ,,professor” ni qaysi aktyor o`ynagan?
Javob: Abduraim Abduvahobov!
3-bosqich! 3.1 Alisher Navoiy qaysi kasallikdan vafot etgan?
Javob: Sakta!
3.2 Qaysi sport turi haqida ilk marotaba kitob chop etilgan?
Javob: Shaxmat!
3.3 Buxoro xonligidagi qaysi sulola hukmronligi Boqi Muhammaddan boshlanadi?
Javob: Ashtarxoniylar!
3.4 Qaysi inshoot me`mor Muhamedshin boshchiligida 1947-yilda barpo etilgan?
Javob: Toshkent kuranti!
3.5 Ekvador, Boliviya, Lyuksemburg, Fransiyada qaysi ma`muriy birlik mavjud? (Masalan, bizda viloyat)
Javob: Kanton!
4-bosqich! Qaysi adabiy qahramonning sevimli mashg`ulotlaridan biri bo`sh vaqtida ,,Boburnoma” ni o`qish edi?
Javob: Otabek
O`ta murakkab masalaning oddiy yechimi qanday ibora bilan aytiladi?
Javob: Kolumb tuxumi!
Noma`lum uchar jismlar haqidagi fan qanday ataladi?
Javob: UFOlogiya!
Qaysi kinoqahramonga xotini ,,Coca-Cola ichdingmi?” – deb savol beradi?
Javob: Semyon Gorbunkov (,,Brilliant qo`l”)!
Yunon afsonasiga ko`ra, Kolxida podshosining sehrgar qizining ismi nima?
Javob: Medeya!
5-bosqich! 5.1 ,,Qaydasan, Moriko” asari muallifi kim?
Javob: Odil Yoqubov!
5.2 Van Aken qaysi rassomning taxallusi?
Javob: Xieronimus Bosx!
5.3 Qaysi mamlakat shiorida ,,dengiz” so`zi ikki marta takrorlangan?
Javob: Kanada (a mara ad mare)!
5.4 Vafot etgan insonlar bilan muloqot qilishga ishonish qanday ataladi?
Javob: Spiritizm!
5.5 Botanikaning daraxtlarni o`rganuvchi bo`limi qanday ataladi?
Javob: Dendrologiya!