Saylovlar-demokratiya ko`zgusi. Mustaqil O’zbekistonda saylov ti-fayllar.org
E’tiboringiz uchun rahmat!
SAYLOV - DEMOKRATIYA KOʻZGUSI
Mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon – Prezident saylovi arafasida. Saylovlar mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, yaqin va olis istiqbol uchun belgilab olinadigan strategik taraqqiyotning dasturiy vazifalarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
2016-yil 4-dekabrdagi Prezident saylovidan buyon oʻtgan besh yil mobaynida xalq, mamlakat hayotida, jamiyatda, milliy saylov qonunchiligida ulkan oʻzgarishlar yuz berdi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda ekspertlar keng eʼtirof etishganidek, bu davrda respublika hayotining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarida xalq farovonligini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan dadil islohotlar amalga oshirildi.
SAYLOV - DEMOKRATIYA KOʻZGUSI
19.08.2021 2080
Mamlakatmizda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi ilk bor Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida oʻtkaziladi.
Mamlakatmizda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi ilk bor Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida oʻtkaziladi.
Qolaversa, mamlakatimizda siyosiy partiyalar soni yana bittaga koʻpayib, partiyalararo raqobat sezilarli darajada kuchaydi.
Prezident saylovida saylovchilarning ovoz berish jarayonini oʻz nomzodini ilgari surgan siyosiy partiyalar, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari, jurnalistlar, jumladan, xorijlik jurnalistlar - minglab kuzatuvchilar kuzatib boradi.
Boʻlajak saylovni siyosiy-huquqiy va tashkiliy jihatdan yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan shu yil 14-aprelda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturiga binoan, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng koʻlamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Unga koʻra, Prezident saylovining ahamiyati, oʻziga xos jihatlari, Saylov kodeksi, saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish hamda qoʻshimchalarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga va saylov tashkilotchilariga yetkazish muhim vazifa sifatida belgilangan.

2021-yilda oʻtadigan saylovda konstitutsiyaviy normalar va xalqaro saylov standartlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davriylik prinsipi asosida saylanishi taʼminlanadi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasining umum eʼtirof etilgan xalqaro demokratik saylov tamoyillariga sadoqatining amaldagi yana bir dalilidir.