O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
«TIKUV BUYUMLARINI KONSTRUKSIYALASH VA TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI
KURS ISHINI BAJARISH
BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
5320900 - «Yengil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va
texnologiyasi (tikuv buyumlari)» ta’lim yo‘nalishidagi
bakalavriatura talabalari uchun
«Tikuv buyumlar texnologiyasi» fanidan
Toshkent 2017
Annotatsiya
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada o‘quv dasturiga binoan kurs ishining maqsadi va vazifalari, uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar, mo‘ljallangan hajmi va mazmuni bayon etilgan.
Model, material, asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash, shuningdek texnologik tartibini va texnologik jarayon graf modelini tuzish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar berilgan.
Tanlangan tikish usullarini baholash uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblari berilgan.
TUZUVCHI:
TBKT kafedrasi dotsenti SH.G.Madjidova
TBKT kafedrasi dotsenti M.A.Mansurova
TBKT kafedrasi assistenti N.A.Babadjanova
TAQRIZCHILAR: 1. TBKT kafedrasining katta o’qituvchisi
t.f.n. Bobojonova M.A.
2. “Tojiniso Fayz” MCHJ direktori Inagamova V.A.
TBKT kafedrasining kengaytirilgan majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun tavsiya etilgan
Bayonnoma № «» yanvardagi 2017y.
Uslubiy ko‘rsatma TTESI Ilmiy-uslubiy kengashining majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
201___ yil «___» _________ sanadagi ____ bayonnoma
1. KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Kurs ishini maqsadi mutaxassislik fanlaridan olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek olingan bilimlarni nazariy va iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llashni o‘rganish, hamda «Texnologik jarayonini loyihalash» fani bo‘yicha kurs ishini bajarishga tayyorgarlik hisoblanadi.
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar turli ma’lumotlar berilgan yordamchi adabiyotlardan, GOSTlardan, texnologik instruksiyalardan va normativlardan foydalanib, mustaqil hisoblashni o‘rganib olish kerak bo‘ladi. Kiyimlarga ishlov berish usullariga iqtisodiy baho berish o‘rganiladi.
Kurs ishini bajarishda yengil sanoat korxonalarida kuchga kirgan, shuninigdek adabiy ma’nbalarida bayon etilgan taraqqiy texnika va texnologiyadan foydalaniladi.
Kurs ishini mavzusi tikuv buyum yoki uning ayrim uzellariga ishlov berish texnologik ketma-ketligini ishlab chiqish, ishlov berish usullarini va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining mavzusi talabalarga ishlab chiqarish amaliyoti oldidan beriladi.
Kurs ishini bajarishda ishlab chiqarishdan yig‘ilgan ma’lumotlar asos qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |