O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/8
tarix21.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#133637
1   2   3   4   5   6   7   8
«tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi» kafedrasi

2. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH

Kurs ishini tushuntirish xati qo‘l yozmada 11 (A 4) formatli yozuv qog‘ozda yoziladi. Matn yozish uchun varaqaning bir tomonidan foydalanib, chap yonidan 25 mm, o‘ng yonidan 10 mm, yuqoridan va pastdan 20 mm dan qoldiriladi.


Tushuntirish xatidagi rasmlar, shartli tasvirlar va grafiklar qora qalamda yoki tushda bajariladi.
Tushuntirish xatidagi hisoblar va izohlar qisqa va tushunarli yozilgan bo‘lib texnik jihatdan asoslangan va aniq bo‘lishi kerak.
Tushuntirish xatining betlari boshidan oxirigacha (mufassal) nomerlanadi va terilib muqovalanadi.
Tushuntirish xatining har bir bo‘limini yangi betdan boshlash tavsiya etiladi. Tushuntirish xatidagi hamma rasmlar, eskizlar, jadvallar nomerlanadi.
Rasmlar nomerlanib, tagiga rasm izohi yozilishi kerak.
Masalan: 1-rasm. Ayollar ko‘ylagini modeli. Jadval tepasida uning sarlavhasi (nomi) va tartibi yoziladi. Tushuntirish xatining ma’lumotlari quyidagicha tartibda yoziladi: titul varag‘i, topshiriq vragi, ish mundarijasi, tushuntirish xatining bo‘limlari, foydalangan adabiyotlar ro‘yxati.
Tushuntirish xatining mundarijasida bo‘limlarni sarlavhalari va betlarning tartib raqami yozib qo‘yiladi.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati tuzilganda mualliflarni ism-sharifi, kitob, jurnal, broshyura nomi, chop etilgan yili, nashriyot nomi va qaerda nashr etilgani yoziladi, internetdan olingan ma’lumotlarni sayti ko‘rsatiladi.


3. KURS ISHINING HAJMI VA BO‘LIMLARNI BAJARISH UCHUN SARFLANADIGAN VAQT

Kurs ishini ayrim bo‘limlarini sermehnatligini hisobga olgan holda, taxminiy bajarish vaqti.







Kurs ishi bo‘limlarining nomi

Sarflanadigan vaqt.

1.

Kirish.

2

2.

Model tanlash va asoslash.

2

3.

Material tanlash va asoslash.

2

4.

Asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash va asoslash.

3

5.

Buyum tikish texnologik tartibini tuzish.

3

6.

Detallarni o‘zaro bog‘lanish matritsasini tuzish. Texnologik jarayon graf-modelini tuzish.



3

7.

Kiyim (uzel) tikish texnologik tartibini tuzish.

12

8.

Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash.

3

9.

Fikr va mulohazalar.

1

10.

Kurs ishini rasmiylashtirish va himoya qilishga tayyorlash.

3

11.

Kurs ishini himoya qilish.

1

JAMI:

35 kun

Kurs ishi himoyasi kafedrada 3 ta o‘qituvchidan iborat bo‘lgan komissiyasida himoya qilinadi: kafedra mudiri, fan ma’ruzachisi, kurs ishi rahbari



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin