12. Sharq mamlakati olimlari turizmni rivojlantirishda qaysi tamoyilni asosiy hisoblaydilar? A). Turizm industriyasi mavjudligini.
B) Talab va taklifni mavjudligini.
V) Iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mavjudligini.
G) Madaniy aloqalarni mavjudligini.
13. Turizmni rivojlantirishda kompleks maqsadli uslub nima? A). Turizm rivojlanishida ma’lum bir davrni ko‘zlab, qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun qilinadigan ishlar va imkoniyatlarga aytiladi.
B) Turizmdan uzoq muddatli davrni ko‘zlab erishadigan foydaga aytiladi
V) Turizm sohasining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan mexmonxona xo‘jaligining ishlash samaradorligi ko‘rsatkichiga aytiladi.
G) Turizm sohasida bir yillik xarajatlarni hisob-kitob qilish uslubi.
14. Turizm potensiali nima? A). Turistlarni o‘ziga jalb qiladigan tabiiy va inson mehnati bilan tashkil qilingan zaxiralar yig‘indisi.
B) Turistlarni o‘ziga jalb kiladigan restoranlar va mehmonxonalarni ko‘rish.
V) Turistlarni xoxish-istaklariga qarab tabiiy zaxiralardan foydalanishlarini ta’minlash.
G) Turistik korxonalar kishini o‘ziga maftun qiladigan darajada joylashtirish va turistlarning foydalanishi uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llash.
15. Turizm sohasida investitsiya nima? A). Turistlarning tunash, ovqatlanish, yeb-ichish kabi ehtiyojlarini qarshilaydigan muassasa va kichik vositalarga ajratiladigan mablag‘.
B) Turistlarning faqat sayoxat qilish maqsadini ro‘yobga chiqaradigan vosita.
V) Turistlarning mehmonxona, motel, pansionatlarda qolishini ta’minlaydigan loyixa.
G) Turistlarni transport vositasida olib yurish maqsadida yuzaga chiqqan va rejalashtirilgan vositalar.
16. Turizmda iqtisodiy omillarga nimalar kiradi? A) Ya.I.M., talab va taklif, milliy daromad, taqsimot, ichki milliy mahsulot.
B) Milliy daromad, taqsimot, daromad va bo‘sh vaqt, narx va boshqa tovar narxlaridagi o‘zgarishlar.
V) Ya.M.D., ishchilarning ish maoshi, talab va taklif, turistik xizmatlar narxi.
G). Ya.I.M., milliy daromad, bo‘sh vaqt, tovar narxlardagi o‘zgarishlar, turistik xizmatlar narxi.