EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o'tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni analiz qila oladi.
EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar ( jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan kutubxonasiga ega.
O'lchov asboblarining ko`p va etarli darajada mavjudligi ko'p miqdordagi kattaliklarni aniq o'lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi.
O'lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto'g`ri ulanganda dastur xatoni darrov ko`rsatadi. EWB dasturi elementlarning ulanishini va umuman to'liq sxemani yaqqol ko'rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi.
Electronics Workbenche dasturi
Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, boshqariladigan manbalar, boshqariladigan klyuchlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi.
Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin.
EWB quyidagi amallar orqali turli qiyinlikdagi sxemalarni yig`ishga imkon beradi: