MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI PSIXOLOGIYA FAKULTETI IQTISODIYOT YO’NALISHI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FANIDAN QAYTA O’ZLASHTIRISH Mavzu: “SCHYOT TIZIMI VA IKKIYOQLAMA YOZUV”
Guruh: 923-20 Bajardi: Ro’ziqulov O’lmas Qabul qildi: __________________
Jizzax_2022 MUNDAREJA: Kirish ...........................................................................................................3 1. Buxgalteriya hisobining schyotlarni turkumlarga ajratish to’q’risida tushuncha........................................................................................................4 2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga qarab turkumlarga ajratish.............................................................................................6 3. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati.......................................8 Xulosa ........................................................................................................10 Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................11
KIRISH Korxonalar faoliyati hisobini yuritish zaruriyatida korxonaning xo‘jalik jarayonlari natijasida doimo tarkibiy va miqdoriy jihatdan o‘zgarib boradigan xo‘jalik mablag‘lari haqida har doimo ma’lumotga ega bo‘lib turish talab etiladi. Bu talabni bajarish uchun esa xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarni hisobda guruhlab borish va tezkor nazorat o‘rnatishi kerak bo‘ladi. Buning uchun buxgalteriya hisobi elementlaridan biri schyotlar tizimidan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgi- langan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi. Korxona ba’zi xo'jalik mablag'lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug'iladi. Shunday mablag'lar va ularning tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.