Schyot tizimi va ikkiyoqlama yozuv


Ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati



Yüklə 34,72 Kb.
səhifə4/5
tarix09.04.2023
ölçüsü34,72 Kb.
#95397
1   2   3   4   5
3. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat ahamiyati

Jamiyatda ikkiyoqlama yozuvning paydo bo‘lishi buxgalteriya hisobi rivojlanishiga asos bo‘lgan. XIII—XIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va Shimoliy Italiyaning bir necha savdo markaz- larida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340- yili paydo bo‘lgan. Yana boshqa manbalarga ko‘ra bundan ham oldinroq Frantsiyaning Shampan viloyati savdo firmalarida (1299—1300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Uning asoschisi Italiyada yashagan frantsuz monarxi Luko Pacholi hisoblanadi. U o‘zining ulkan ishi hisoblangan «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494- yil) hisob yozuvlari bo‘yicha tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qaysi tarmoqqa qarashliligidan va unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki va undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularning tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarda aks ettirishda ikki yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari tufayli mablag‘lar va ularning tashkil topish manbalari bir-biri bilan bog‘lanadi va natijada ular uchun mo‘ljallangan buxgal- teriya hisobi schyotlari ham bir-biri bilan bog‘lanadi (bu bog‘lanish «Schyotlar korrespondentsiyasi» deyiladi). Schyotlar bog‘lanishining buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilishiga «Ikkiyoqlama yozuv» (buxgalteriya provodkasi) deb aytiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir bo‘layotgan jarayonlarga tegishli summalar buxgalteriya hisobi yozuvlarida eng kamida ikkita schyotga yoziladi, albatta bir schyotning debetiga, ikkinchi schyotning kreditiga. Ikkiyoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Oddiy buxgalteriya provodkasida faqat ikki schyot qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi. Misol. Bankdan qisqa muddatga 1000 000 so‘m kredit olindi va hisoblashish schyotiga o'tkazildi. Bank oldidagi qarz, shu bilan birga hisoblashish schyotidagi pul mablag'i ham ko‘paydi. Bank bilan qisqa muddatli kreditlar yuzasidan hisoblashish schyoti passivligini va hisoblashish schyoti aktivligini inobatga olsak, bu jarayon quyidagicha aks ettiriladi: DT 5110 - «Hisob-kitob schyoti» - 1000000 so‘m Кт 6810 — «Bankning qisqa muddatli kreditlari» - 1.000.000 so‘m. Murakkab buxgalteriya provodkasida esa uch yoki undan ortiq schyotlar qatnashib, bir schyot debetlanishi va ikki yoki undan ortiq schyot kreditlanishi va aksincha, bir schet kreditlanib, ikki yoki undan ortiq schyot debetlanishi mumkin. Misol. Korxonadagi asosiy vositalarga eskirish summasi hisoblandi: a) asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 220000; b) yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 30000; d) ma’muriy boshqaruvdagi asosiy vositalarga 29500. DT 2010 - 220000 so'm, ZF2310- 30000 so'm, DT 9420 -29500 so'm, JC 0250 - 279500 so‘m. Shuningdek, ba’zi hollarda xo'jalik jarayonlari bir tomonlama yozuv orqali ham aks ettiriladi. Masalan, ko‘rib /tganimizdek, balansdan tashqari schyotlar faqat bir tomonlama yozuv orqali ko'rsatiladi. Misol. Korxona qisqa muddatli ijaraga asosiy vosita oldi. Uning balans qiymati 6 500900 so‘m. Ushbu xo'jalik jarayoni buxgalteriya hisobi yozuvlarida quyidagicha aks ettiriladi: a) olinganda: DT 001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar»; b) egasiga qaytarilganda: n Km 001 — «Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar». Amaliyotda xo‘jalik jarayonini bir schyoti debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deyiladi.

XULOSA


Schyotlar tizimi xo'jalik mablag'larini tashkil topish manbalarini, xo'jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o'zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. Ikki yoqlama yozuv — bu xo'jalik jarayonida vujudga keladigan o'zgarishlami schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir. Ikki yoqlama yozuv usulining ahamiyati shundaki, uning yordamida, hisob ishlari to'g'ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo'jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotning kreditida aks ettirilishi buxgalteriya o'tkazmasi deyiladi. Schyotlami ular ma’lumotlami qay darajada aks ettirishiga qarab sintetik va analitik schyotlarga ajratish mumkin. Sintetik schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlar umumlashtirib, pul o'lchov birligida aks ettiriladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa sintetik hisob deb ataladi. Aylanma vedomostlar schyotlaming oy boshiga va oxiriga qolgan qoldig‘i hamda oy bo'yicha aylanma ma’lumotlarga asosan oy oxirida tuziladi, aylanma vedomostlar sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha tuzilishi mumkin. Aylanma vedomostda uch juftxonalar mavjud bo‘lib, ularda har bir schyot bo'yicha oy boshiga qoldiq, oy aylanmalari va oy oxiriga qolgan qoldiq ko‘rsatiladi. Aylanma vedomostdagi o‘zaro tenglik debet va kredit aylanmalari registratsiya jumalining jamiga ham teng bo'lishi kerak. Buning sababi har bir xo‘jalik muomalasining summasi registratsiya jurnalida hamda schyotlaming debet va kreditida aks ettiriladi. Bunday o‘zaro tenglik katta nazorat ahamiyatiga ega. Aylanma vedomostning schyotlar bo'yicha qoldiqlariga asosan buxgalteriya balansi tuziladi. Aylanma vedomostlami tuzish ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon bo‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi shakllarini va hisob registratsiya usullari takomillashishi natijasida aylanma vedomostlar astasekin yo‘qola bormoqda. Hisobni zamonaviy tashkil etishda ular istisno tarzida ayrim hollarda qo‘llaniladi.

Yüklə 34,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin