1.1. Fanning maqsad: 60910200 – Davolash ishi va 60910300 – Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar funksional tizim mavqei asosida sog‘liqni ta’minlash va sog‘lom organizmning ishlash mexanizmlarini bilish. Sog‘liqni diagnostikasini, ish qobiliyatini, individual funksional aktivligini prognoz qilish, ilmiy metodologik asoslarini shakllantirish, ko‘nikmalarini egallash, bo‘lajak umumiy amaliyot shifokori mutaxassisini davolash ishi (kasbiy ta’lim) yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlash.
1.2. Fanning vazifalari: sog‘liqni ta’minlash mexanizmlarini funksional tizim asosida, sog‘lom organizmning ishlab turish qonuniyatlarini bilish; organizmning ichki muhitining asosiy parametrlarini, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini, tashqi muhit ta’sirini o‘rganish; organizmning funksiyalarini tekshirishni yangi usullari mohiyatini o‘zlashtirish; umumiy va xususiy fiziologiyalarni tashqi muhit faktorlari ta’siri sharoitida organizmning integrativ fe’l – atvorini asoslarini o‘zlashtirish; bo‘lajak mutaxassisda normada, sog‘lom organizmning holatida nazoratga asoslangan klinik fikrlashni shakllantirish.
Eng muhim fiziologik tadqiqot usullarining asoslarini o‘zlashtirish. Ushbu fanni chuqur o‘zlashtirishda nazariy bilimlar bilan amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Da
rs davomida asosiy mavzular bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan, EHM va ko‘rgazmali qurollardan keng foydalaniladi.