2-mavzu. Muskullar fiziologiyasi. Nerv tolalari va sinapslar fiziologiyasi. Odam va umurtqali hayvonlarning muskullari quyidagi fiziologik xossalarga ega:
Qo’zg’aluvchanlik yoki ta’sirotga javoban ionlar o’tkazuvchanligining va membrana potentsialining o’zgarishi.
O’tkazuvchanlik – hosil bulgan harakat potentsialini tola bo’ylab o’tkazish.
Qisqaruvchanlik – tolaning kaltalanishi yoki tarangligining ortishi.
Tabiiy sharoitda muskullarning qo’zg’alishi va qisqarishi nerv markazidan nerv tolalari orqali muskulga keluvchi impulslar ta’sirida ro’y beradi. Tajribada muskulni qo’zg’atish uchun unga elektr toki bilan ta’sir etish kerak. Muskulga elektr toki bilan bevosita yoki bilvosita ta’sir etish mumkin. Odam va umurtqali hayvonlarning muskullari quyidagi fiziologik xossalarga ega:
Qo’zg’aluvchanlik yoki ta’sirotga javoban ionlar o’tkazuvchanligining va membrana potentsialining o’zgarishi.
O’tkazuvchanlik – hosil bulgan harakat potentsialini tola bo’ylab o’tkazish.
Qisqaruvchanlik – tolaning kaltalanishi yoki tarangligining ortishi.
Tabiiy sharoitda muskullarning qo’zg’alishi va qisqarishi nerv markazidan nerv tolalari orqali muskulga keluvchi impulslar ta’sirida ro’y beradi. Tajribada muskulni qo’zg’atish uchun unga elektr toki bilan ta’sir etish kerak. Muskulga elektr toki bilan bevosita yoki bilvosita ta’sir etish mumkin.
1(36-81), 3(63-91)
3-mavzu. Gomeostaz haqida tushuncha. Organizmning biologic suyuqliklari. Qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari. Shaklli elementlar.
Qon tizimi degan tushunchani 1939-yilda G.F.Lang tasvir etgan. Ushbu tizimga u quyidagilarni kiritgan: 1) Tomirlarda aylanib yuruvchi periferik qon; 2) Qon hosil qiluvchi a’zolar; 3) Qon emiriladigan a’zolar; 4) Boshqaruvchi neyro-gumoral apparat.
Qon, limfa va to’qima suyuqligi gavdadagi barcha hujayra va to’qimalarni yuvib turuvchi organizmning ichki muhitini hosil qiladi. Ichki muhit tarkibi va fizikaviy-kimyoviy xossalarining nisbatan doimiyligi bilan farq qiladi. Shu tufayli organizm hujayralarining yashashi uchun nisbiy doimiy sharoit (gomeostaz) vujudga keladi. Bu sharoit doimiyligi, ya’ni gomeostazni saqlab turishda qon juda muhim rol o’ynaydi.