Laboratoriya ishi. Qon ivish va qon oqishining vaqtini va davomiyligini aniqlash.
Leykotsitlarni Goryaev kamerasi to’rida 25 ta katta kataklarda sanaladi. 2-va 3-ishlarda xona haroratini xisobga olish kerak. Qon ketish vaqtini aniqlayotganda, barmoqlar bilan qog’ozga tegib ketmaslik kerak. Qon ivish vaqtini va qon ketish davomiyligini aniqlashda vaqtni barmoqni teshgandan boshlab xisoblash kerak. Agglyutinatsiya reaktsiyasini oq fonda uch minut davomida buyum oynasini chayqatilib, kuzatiladi. Talabalarda olingan natijalarni taqqoslab, iloji bo’lsa hamma 4 ta guruhqoni tanlab olinsin. Nima uchun oz miqdorda qon quyilganda, asosan donor qonidagi agglyutinogenlarga, retsipient qonida esa- agglyutininlarga e’tibor berilishini tushuntiring.
5(155)
12
Qon guruhlari. Rezus faktor. Qon quyish asoslari.
Donorning qonidagi eritrotsitlarda agglyutinatsiyalovchi modda – agglyutinogen, retsipient plazmasida esa shunga mos keluvchi agglyutinatsiyalanuvchi modda – aggllyutinin bo’lganda, shunday hodisa ro’y beradi. Eritrotsitlarning agglyutinatsiyalanishi va keyinchalik gemolizga uchrashi oqibatida organizmni o’limga olib keluvchi og’ir holat – gemotransfuzion shok paydo bo’ladi. Agar Rh- ayol RhQ homilaga ega bo’lsa, homila qonidagi rezusni belgilovchi agglyutinogen ona qoniga diffuziya yo’li bilan o’tadi. Ona organizmida antirezus-agglyutininlar hosil bo’lib, ular homila qoniga qaytadi va uni nobud qiladi.
1 (361-365),
2 (133-136)
13
Laboratoriya ishi. Qon guruhlarini AVO sistemasida. Rezus faktorni aniqlash
Odamda qon guruhini aniqlash usulini o’zlashtirish, hamda qon guruhlarining nazariy asoslari va qon quyish qoidalarini o’zlashtirish.
Qon rezus-faktorini aniqlash usulini o’zlashtirish.
5(60-61)
14
Yurakning gemodinamik vazifasi. Yurak mushagini fiziologik xossalari.
Yurak va qon tomirlar faoliyati tufayli organizmda qon to’xtovsiz harakatlanib turadi. Shunday harakatlanish natijasida qon turli transport vazifasini bujaradi. Qon organizmda harakatlanar ekan, qon aylanishining katta va kichik doirasi kabi murakkab yo’lni bosib o’tadi. Yurakning qisqarishlari sistola, bqshashishlari esa diastola deb nomlanadi. Sistola, diastola va pauza bitta yurak tsiklini tashkil etadi. Yurak minutiga 75 marta qisqarganda yurakning ish tsikli 0,8 sekundga teng. Qorinchalar sistolasi 0,33 sekund, qorinchalar diastolasi esa 0,47 sekund davom etadi.
1 (401-405),
2 (137-141)
15
Yurak faoliyatini tekshirish usullari. Elektrokardiografiya.
Yurak qisqarishlari bir qancha mexanik va tovush hodisalari bilan o’tadi. Yurak qisqarganda u konus shaklidan shar shakliga aylanadi. Shu payt yurakning uchi ko’krak qafasining oldingi devoriga uriladi. Ko’krak qafasining chap tomonida V qovurg’a oralig’i sohasida chap o’rta o’mrov chizig’idan 1,5 sm ichkarida yurak uchi turtkisi seziladi. Yurak ishlaganda, yurak tonlari deb ataluvchi tovush hodisalari ham kuzatiladi. Ko’krak qafasining yurak sohasiga quloq tutilsa, yurak tonlarini eshitish mumkin. Yurakning 4 ta toni farqlanadi. Ularni grafik qayd qilish usuli fonokardiografiya deb nomlanadi. Yurakning I va II tonlarini quloq bilan eshitish mumkin (auskultatsiya). III va IV tonlar juda kuchsiz bo’lganligi sababli faqat FKG da ko’rish mumkin.