O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 118,08 Kb.
səhifə6/14
tarix17.05.2023
ölçüsü118,08 Kb.
#115611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
portal.guldu.uz-Fan dasturi

2.2. Amaliy mashg‘ulot mavzulari

T/r

2.2. Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Ko‘riladigan masalalar

Axborot -
uslubiy
ta’minot

I SEMESTR

1-modul.


Fiziologiya fani, rivojlanishi,tibbiyotda axamiyati. Fiziologik tekshiruv usullari.

Fiziologiya – eksperimental fan. Fiziolog hayot hodisalarini kuzatib va o’rganib, birinchidan, ularga sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berishga, ya’ni ularni aniq tasvir qilishga va o’lchashga, boshqacha aytganda, son va o’lchov bilan ifodalashga harakat qiladi. Ikkinchidan, kuzatish natijalarini xujjatlashga intiladi. Xujjatlash odatda shundan iboratki, kuzatuvchi olgan natijalarini yoki o’rganilayotgan jarayonni fotoplenkaga, qog’ozga, magnit lentasiga ma’lum vaqt ichida avtomatik ravishda yozib oladi. O’lchash uchun ham, xujjatlash uchun ham tekshirish vazifasiga mos, ko’pincha ancha murakkab asbob-uskunalar kerak.

1 (4-11),
2 (4-8),




Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarda bioelektrik xodisalar. Ta’sirlash qonunlari.

Ba’zi hujayra va to’qimalar ta’sirotga tez reaktsiya ko’rsatishga maxsus ixtisoslashgan. Bunday hujayra va to’qimlar qo’zg’aluvchan deb ataladi. Qo’zg’aluvchan to’qimalarga nerv, muskul va bez to’qimalari kiradi. Bu to’qimalar ta’sirotga javoban fiziologik tinchlik holatidan qo’zg’alish holatiga o’ta oladi. Qo’zg’aluvchan to’qimalarni ta’sirotga qo’zg’alish bilan javob qaytarish hodisasi esa qo’uzgaluvchanlik deb ataladi.
Qo’zg’alish vaqtida tirik hujayralarda elektrik, issiqlik, kimyoviy, funktsional va struktur o’zgarishlar ro’y beradi, Bu o’zgarishlar orasida bioelektrik hodislar alohida ahamiyatga ega.

1 (13-91),
2 (13-23),




Mushak xossalarini o‘rganish usullari. Silliq va tishli tetanus.

Muskullar kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga va issiqlikka aylantiruvchi a‘zolardir. Umurtqali hayvonlarda skeletning ko‘ndalang targ‘il muskuli, yurakning ko‘ndalang targ‘il muskuli va ichki a‘zolarning, qon tomirlarning hamda terining silliq muskullari tafovut qilinadi. Ko‘ndalang targ‘il muskullar birinchi galda tana va qismlarining fazodagi harakatlarini, ko‘z harakatlarini, chaynash va boshqa faoliyatlarni bajaradi. Skeletning ko‘ndalang targ‘il muskullari inson idrokiga bo‘ysunadi, ular yordamida ixtiyoriy harakatlar bajariladi. Bu muskullar faoliyati MNT tomonidan to’liq boshqarilib turadi.Silliq muskullar asosan ichki a‘zolar harakatlarini ta‘minlaydi. Ular avtomatiyaga ega bo`lib, ko‘proq kavak a‘zolar devorida joylashgan. Intramural yoki metasimpatik nervlar chigali tomonidan boshqariladi. Silliq muskullar faoliyatini ixtiyoriy ravishda o‘zgartirib bo`lmaydi.

1 (36-51),
2 (23-32)




Nerv tolalari fiziologiyasi va sinapslarning xossalari.

A-alfa tolalar skelet muskullarini innervatsiyalaydi. A-beta, A-delta tolalar markazga intiluvchi tolalar bo’lib, taktil, vistsero-, termo- va og’riqni sezuvchi retseptorlardan MNTga impulslarni o’tkazadi.


A-gamma efferent tolalar bo’lib, muskul duklarining qisqaruvchi eelementlarini innervatsiyalaydi. V - simpatik va parasimpatik preganglionar tolalar. S – postganglionar vegetativ tolalar, teridagi og’riqni sezuvchi, ba’zi termoretseptorlar hamda bosimni sezuvchi retseptorlardan boshlanuvchi afferent tolalar.

1 (71-91), 2(37-57).



















Organizmning biologik suyuqliklari. Qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari.

Qon ikki qismdan iborat: suyuq qismi – plazma va undagi muallaq shaklli elementlar ( eritrotsitlar, leykotsitalr va trombotsitlar) dan. Qon plazmasi bilan shaklli elementlar o’rtasida ma’lum hajm nisbati mavjud. Unga gematokrit ko’rsatkichi deyiladi. Uni bo’lakchalarga ajratilgan mahsus shisha naycha – gematokrit yordamida aniqlanadi. Agar qon gematokrit naychada tsentrifugalansa, qon plazma va shaklli elementlarga ajraladi. Bunda plazma hajmi qon hajmining 55-60 % ini, shaklli elementlar esa 40-45 % ini tashkil qiladi. Erkaklarda shaklli elementlar qon hajmining 44-46% ini, ayollarda esa 41-43% ini tashkil etadi.

1(255-280), 2(118-122)


Gemoglobin uning turlari.

Gemoglobin molekulyar og’irligi 64458 ga teng murakkab xromoproteid bo’lib, globin oqsili va 4 molekula gemdan tuzilgan. Temir atomi bo’lgan gem molekulasi O2 molekulasini biriktira va bera oladi. Ayni vaqtda O2 gazini biriktirib oladigan temirning valentligi o’zgarmaydi, ya’ni temir ikki valentligicha qoladi. Eritrotsitlar qobig’ining yorilib, uning ichidagi gemoglobinning plazmaga chiqishi gemoliz deb ataladi. Bunda plazma qizil rangga bo’yaladi va qon tiniqlashadi.

1 (267-280),
2 (123-126),





Yüklə 118,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin